O‘zbekiston | 08:25 / 10.01.2018
7106
1 daqiqa o‘qiladi

Qonunchilik palatasida Ekologik harakat vakillari uchun belgilangan kvota bekor qilinadi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston siyosiy sahnasida sog‘lom raqobat ta'minlanadi. Bu boradagi tegishli qonun loyihasi 2018 yil 1 avgustga qadar ishlab chiqiladi, deyiladi «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturi loyihasida.

Ushbu qonun loyihasini ishlab chiqishga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Markaziy saylov komissiyasi, Adliya vazirligi, AQHMI, O‘zbekiston Ekologik harakati mas'ul etib belgilandi.

Ta'kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasining ushbu qonuni loyihasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidan O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari uchun belgilangan kvotani bekor qilish nazarda tutiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid