Prezident Şavkat Mirziyoyev eng ustuvor islohotlar dasturlari hamda «Özbekiston – 2030» strategiyasini 2026 yilda amalga oşiriş böyiça Davlat dasturi loyihalari taqdimoti bilan tanişdi.

Islohotlar dasturi davlat rahbarining xalq va Oliy Majlisga Murojaatnomasida ilgari surilgan taşabbuslar va 2026 yil uçun eng ustuvor islohotlarni qamrab olgan. Bular mahallalar infratuzilmasini takomillaştiriş va ularga Yangi Özbekiston qiyofasini olib kiriş, iqtisodiyotni texnologik va innovatsion ösiş modeliga ötkaziş hamda içki bozorda talabni rağbatlantiriş, kasblarni rivojlantiriş va yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratiş, ekologik muvozanatni ta’minlaş va suvdan oqilona foydalanişni taşkil etiş hamda davlat boşqaruvi va sud-huquq tizimini takomillaştiriş, jamiyatda birdamlikni ta’minlaş orqali uni yuksaltirişdan iborat.

Qayd qilinişiça, uşbu dasturlarda «hujjat işlab çiqiş»dan «natijaga erişiş» tamoyiliga ötilmoqda. Har bir taşabbusni amalga oşiriş mexanizmlari va yil yakuniga möljallangan ijro natijalari böyiça KPI belgilangan. Dasturlar töğridan-töğri amal qiliş mexanizmiga ega va ayrim taşabbuslar böyiça alohida hujjat qabul qilişni talab etmaydi. Har bir islohotlar dasturining ijrosi uçun şaxsan javobgar bölgan mas’ul rahbar va muvofiqlaştiruvçi davlat taşkiloti belgilanmoqda.

«Özbekiston – 2030» strategiyasini «Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili»da amalga oşirişga oid Davlat dasturida esa strategiyaning 2026 yil uçun belgilangan maqsadli körsatkiçlari ijrosi taşkil etiladi. Tahlillar natijasida konstruktiv deb topilgan 1000 ga yaqin taklif saralab olinib, Davlat dasturi loyihasiga kiritildi.

Jumladan, ayollar va bolalarga nisbatan zöravonlik uçun jazoni kuçaytiriş, pedofiliya uçun umrbod ozodlikdan mahrum etiş jazosini joriy etiş, ipoteka va elektromobil xaridi uçun kredit mexanizmlarini takomillaştiriş, qayta tiklanuvçi energiya manbalarining uluşini 30 foizga yetkaziş, korrupsiyaga qarşi kuraşişni yangi bosqiçga olib çiqiş, jinoyat işlari böyiça sudlarda xalq vakillari hay’ati iştirokini yölga qöyiş kabi taşabbuslar qöllab quvvatlandi.

Şuningdek, mahalla mablağlari sarfi böyiça oçiq hisobdorlikni kuçaytiriş, mahallalarda içki yöllar, piyodalar va veloyölaklarni taşkil etiş, biznes-inkubatorlar yaratiş, sanoat zonalari huzurida kasbiy qayta tayyorlaş markazlari oçiş, daraxt kesiş uçun javobgarlikni qat’iylaştiriş, energiya samaradorligi böyiça KPI joriy etiş, utilizatsiya va qayta işlaş zanjirini yölga qöyiş kabi takliflar qiziqarli deb topilgan.