Jamiyat | 03:09 / 10.01.2018
10922
2 daqiqa o‘qiladi

My Life Planner - kundalik rejani to‘g‘ri taqsimlashni istaganlar uchun

Foto: Husan Mamasaidov

7 yanvar kuni "Joy Bouling" klubida Deli.uz asoschisi Husan Mamasaidov tomonidan  "My Life Planner" (Mening hayot taqvimim) deb nomlangan mahorat darsi tashkil etildi. 

 O‘zbekistonning yetakchi tadbirkorlaridan biri bo‘lmish Husan Mamasaidov mazkur treningi yig‘ilgan mehmonlarni befarq qoldirmadi. Taqdimot interfaol ruhda o‘tkazildi. Muallif o‘z hayot tajribasi va muvaffaqiyat sirlari bilan o‘rtoqlashdi.  

Husan Mamasaidov AQShga uyushtirgan safarlarining birida amerikalik senator ayol ajoyib taqvim sovg‘a qiladi. Tadbirkor mazkur rejalar taqvimidan  bir necha yillar davomida foydalanib kelgan.

My Life Planner -  barcha kasb egalari uchun foydali kundalik bo‘lib, u har bir kuningizni to‘g‘ri taqsimlashingizga yordam beradi. 

Mazkur ajoyib tadbirda ishtirokchilar puxta tuzilgan reja asosida amalga oshiriluvchi harakatlar buyuk maqsadlar tomon yetaklashiga hayotiy misollar orqali yana bir bor guvoh bo‘lishdi. 

Husan Mamasaidov kunlik yoki yillik reja  tuzayotganda barcha jihatlar - ish jarayoni, qo‘shimcha mashg‘ulotlar, dam olish soatlari, xorij davlatlariga safar bilan bir qatorda salomatlik nazorati, farzandlar tarbiyasi, ota-onaga e'tibor uchun ham alohida vaqt ajratish lozimligini ta'kidladi. 

Quyida tadbirdan tayyorlangan maxsus fotoreportajni tomosha qilishingiz mumkin.

Foto: Husan Mamasaidov
Foto: Husan Mamasaidov
Foto: Husan Mamasaidov
Foto: Husan Mamasaidov
Foto: Husan Mamasaidov
Foto: Husan Mamasaidov
Foto: Husan Mamasaidov
Foto: Husan Mamasaidov
Foto: Husan Mamasaidov
Foto: Husan Mamasaidov

 Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid