Firibgarlar tuzog‘iga eng ko‘p tushadigan odamlar toifasi ma’lum qilindi
Mutaxassis firibgarlardan himoyalanish uchun begonalardan masofa saqlash kerakligini ta’kidladi.

Foto: Ave Calvar/CC0
Odatda, besh toifadagi insonlar firibgarlar tuzog‘iga tushishga eng ko‘p moyil bo‘ladi, deydi rossiyalik mutaxassis, psixologiya fanlari doktori, professor Vera Nikishina.
Ular qatoriga keksalar, tanqidiy fikrlashi past, ishonuvchan, qattiq charchagan va shaxsiy manfaatlarini yuqori qo‘yuvchi odamlar kiradi.
Bugungi kunda firibgarlar o‘z maqsadlariga erishish uchun odamlar e’tiborini jalb qilish texnologiyalaridan ko‘proq foydalanmoqda. Buning uchun odamlarda turli hissiyotlar — qo‘rquv, hayrat, tushunmovchilik, agressiya yoki g‘azab tuyg‘ularini qo‘zg‘ash kifoya. Emotsiyalar qanchalik kuchli bo‘lsa, firibgarlarga aldanish ehtimoli shunchalik oshadi, deydi mutaxassis.
“Har qanday odam potensial texnologik ta’sirga duchor bo‘lishi mumkin. Bizda bunday ta’sirlanishni baholaydigan muayyan mezonlar mavjud. Ular orasida tanqidiy fikrlashning pastligi va ishonuvchanlik bor. Shuningdek, katta avlodni bunga kiritish mumkin, chunki ularning ruhiy olami texnologik ta’sirdan tashqarida shakllanib kelgan. Ya’ni ularning miyasi firibgarlar foydalanadigan texnikalarga moslashmagan. Shu sababli keksa yoshdagi aholi uchun bu xavf ancha yuqori. Charchoq ham firibgarlarga aldanish ehtimolini oshiradi. Yana bir omil — ssenariyning asosi muhim shaxsga yo‘naltirilgan bo‘lishi. Masalan, ona uchun bolaning xavfsizligi, bola uchun esa biror nojo‘ya ishda ayblanishdan qochish muhim”, — deb tushuntirdi psixolog.
Mutaxassis firibgarlardan himoyalanish uchun begonalardan masofa saqlash kerakligini ta’kidladi.
“Tanimagan odamlaringiz bilan suhbatlashmang. Muhim ma’lumotni olishga qiziqishdan ko‘ra, shubhalanish va firibgarlik sxemasiga tushmaslik afzal. Masofa saqlash firibgarlardan eng yaxshi himoyalanish vositasidir. Telefonda kimdir o‘zini rasmiy shaxs deb tanishtirsa, uzr so‘rab, biroz pauza qilishingiz, rasmiy saytlardan kerakli kontaktni topib, ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin”, — deb xulosa qildi mutaxassis.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda terrorizmda gumonlanib hibsga olinganlar soni 655 foizga oshdi
Jahon | 18:19
-
Ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi
O‘zbekiston | 18:01
-
Taklifi inobatga olinmagan liberallar, normani qat’iy himoya qilgan tashabbuskorlar – qonunchilik palatasi yalpi majlisi qanday o‘tdi?
O‘zbekiston | 18:00
-
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi
Jahon | 17:55
Mavzuga oid

07:39 / 19.03.2025
Ajrashgan juftliklarga hissiyotlarni unutish uchun 8 yil kerak - olimlar

21:52 / 10.02.2025
Italiyada firibgarlar sun’iy intellekt yordamida mudofaa vaziri ovozini hosil qilib, tadbirkorlarni chuv tushirdi

20:36 / 18.01.2025
Moskvada pensioner 100 ming dollarni balkondan uloqtirib yubordi

18:57 / 06.01.2025