O‘zbekiston | 08:40 / 10.01.2018
6303
1 daqiqa o‘qiladi

Ombudsmanning jazoni ijro etish faoliyatini monitoring qilishga doir vakolatlari kengaytiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning jazoni ijro etish faoliyatini monitoring qilish borasidagi vakolatlarini yanada kengaytiriladi. Bu haqda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturi loyihasida ma'lum qilingan.

2018 yil 1 mayga qadar ishlab chiqiladigan bu boradagi tegishli qonun loyihasi ustida Ombudsman, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, AQHMI, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz ish olib boradi. 

Davlat dasturi loyihasida ta'kidlanishicha, ushbu qonun loyihasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning qamoqda saqlanayotgan va jazoni o‘tash joylarida bo‘lgan shaxslarning yashash sharoitlarini monitoring qilish bo‘yicha vakolatlarini kengaytirish nazarda tutiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid