Smitson instituti delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi
Dunyoga mashhur Smitson institutining (AQSh) mutaxassislari delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrifning maqsadi - mamlakatning madaniy-sivilizatsiya merosini o‘rganish va ilmiy turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyihani amalga oshirishni muhokama qilish, deb xabar bermoqda O‘zbekiston TIV axborot xizmati.
O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh instituti mutaxassislari tomonidan 15 yanvarga qadar O‘zbekistonda madaniyat, iqtisodiyot va Tashqi ishlar vazirliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Xususiy sayyohlik tashkilotlari Assotsiatsiyasi, muzeylar va ta'lim muassasalarida bir qator uchrashuvlar o‘tkaziladi. Uchrashuvlar davomida respublikaning turizm salohiyati va sohani yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha Toshkent va Xiva shaharlarida tadqiqotlar olib borishni nazarda tutgan bo‘lib, tadqiqotlar natijasida ushbu shaharlarda turizmni yanada rivojlantirishga qaratilgan baholar va tavsiyalar bilan institutning hisobotlari tayyorlanadi.
Smitson instituti ta'lim va ilmiy-tadqiqot tuzilmalari tizimini o‘zida mujassamlashtiradi. Institutning muzey kompleksi eksponatlar, muzey boyliklari va artefaktlarning dunyodagi eng katta ombori hisoblanadi. Institut tarkibiga kiruvchi 19 ta muzeylar, 9 ta ilmiy-tadqiqot markazlari, hayvonot bog‘i va 45 ta AQSh shtatlari, Puerto-Riko va Panamada Smitson instituti fliallari hisoblanadigan 200dan ortiq muzey va muassasalar mavjud. Ulardan 10 ta muzeylar Vashingtondagi Milliy yodgorliklar va muzeylar kompleksida joylashgan.
Institut O‘zbekistonning muzeylari va kutubxonalari bilan yaqin aloqalarga ega. 2011 yildan beri Institut mutaxassislari va tadqiqotchilarning respublika bo‘yicha bir qator tashriflari bo‘lib o‘tdi. Tashriflar davomida san'at, arxitektura va qadimiy qo‘lyozmalarni saqlash va tiklash bo‘yicha maslahatlar va ma'ruzalar o‘tkazildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Smitson institutining muzeylari omborlarida O‘zbekistonning madaniyati va sivilizatsiyasi merosi bilan bog‘liq 1500dan ortiq artefaktlar va eksponatlar mavjud. Ushbu obektlar muntazam ravishda institutning Osiyo san'ati muzeylarida namoyish etiladi.
Mavzuga oid
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
10:05 / 17.11.2024
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024