Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazirlar Mahkamasining ruxsat berish va litsenziyalash funksiyalari boshqa idoralarga o‘tkaziladi
Mamlakatda nomarkazlashtirish jarayoni yanada chuqurlashtiriladi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruvi hududiy organlarining vakolatlari kengaytiriladi. Bu haqda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturi loyihasida ma'lum qilingan.
2018 yil 1 oktabrga qadar bu borada tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqiladi.
Loyihalarda:
Vazirlar Mahkamasining ruxsat berish va litsenziyalash funksiyalarini boshqa mutasaddi vazirlik va idoralarga o‘tkazish;
vertikal boshqaruv tizimi va ijro hokimiyati organlari o‘rtasida yaqin hamkorlikni ta'minlaydigan usul va uslublarni takomillashtirish;
respublika davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladigan ruxsat berish va litsenziyalash funksiyalarining bir qismini mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda davlat boshqaruvi hududiy organlariga o‘tkazish nazarda tutiladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ustida Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar ish olib boradi.
Mavzuga oid
15:45 / 19.02.2026
O‘zbekistonda avtobanlar tashkil etish vazifasi davlat dasturiga kiritildi
16:46 / 17.02.2026
Elektromobil egalari mashinasini quvvatlashda subsidiya oladi
17:47 / 16.02.2026
Pedofiliya uchun umrbod qamoq jazosi kiritiladi - Davlat dasturi
17:38 / 16.02.2026