Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Xavfsizlik kengashi missiyasi 7 yil ichida ilk marta Afg‘onistonga kelmoqda
BMT Xavfsizlik kengashi Afg‘onistonga ushbu mamlakatdagi vaziyatni o‘rganish uchun maxsus delegatsiya jo‘natadi. Bu haqda Qozog‘istonning BMT Xavfsizlik kengashidagi doimiy vakili Kayrat Umarov jurnalistlarga ma'lum qildi.
Umarovning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston boshchiligidagi missiya Afg‘oniston hukumati vakillaridan tashqari, mahalliy aholi vakillari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirgan.
«Bu Afg‘onistonga keyingi 7 yil ichida ilk marta amalga oshirilayotgan tashrifdir. Biz Ostona BMT Xavfsizlik kengashining vaqtincha a'zosi bo‘lganida buyon shu masala ustida ishladik. Biz XK a'zolari vaziyat bilan joyida tanishishi kerak deb hisoblaymiz», - degan u.
Umarov tashrif sanasiga aniqlik kiritmadi.
AQSh prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi general-leytenant Gerbert Makmaster ham seshanba kuni BMT XKdagi chiqishi vaqtida afg‘on masalasini ko‘targandi.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026