Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston davlat sirini oshkor qilishda ayblanayotgan shaxs Peterburgda ushlandi
O‘zbekiston sirlarini oshkor etganlik uchun qidiruvda bo‘lgan fuqaro Peterburgda qo‘lga olindi.
«Fontanka» xabariga ko‘ra, 11 yanvar kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari O‘zbekistonning 36 yoshli fuqarosi qayerda ekanini aniqlashgan, u davlatlararo qidiruvda bo‘lgan. O‘zbekistonda erkak davlat sirini oshkor etishda ayblanmoqda. Toshkent viloyati IIB ushbu shaxs qo‘lga olingani haqida xabardor etilgan.
Peterburg huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarida ham ushbu shaxsga bir qator savollar bor. 2017 yilning dekabrida erkak RFga kirish va mamlakat hududida bo‘lish qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortilgan, sud uni majburiy chiqarib yuborish haqida qaror qabul qilgan.
Migrant vaqtinchalik saqlash joyida deportatsiya qilishlarini kutayotganida, u haqda qo‘shimcha tafsilotlar paydo bo‘lgan. Qo‘lga olingan shaxsning ismi ochiqlanmagan.
Mavzuga oid
19:10 / 09.04.2026
Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yig‘lardi, agar...
21:49 / 18.03.2026
“Shahzod -Gold” uch yarim yilga ozodlikdan mahrum qilindi
13:44 / 26.02.2026
UXX ikki yuqori lavozimli harbiyni “jinoyat ustida” ushladi
20:43 / 03.02.2026