Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki vakillari Axborot texnologiyalari vazirligiga borishdi
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Jahon bankining O‘zbekistonda xususiy sektor faoliyatini o‘rganayotgan maxsus guruh vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat avvalida mehmonlar O‘zbekistonda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Jumladan, xalqaro vakillarga bir muddat avval faoliyatini boshlagan Mirzo Ulug‘bek Innovatsiya markazi hamda rejalari to‘g‘risida ma'lumot berildi.
Jahon banki mutaxassislari e'tiboriga Innovatsiya markazi faoliyati doirasida O‘zbekistonga sarmoya kiritish hamda «nou-xau»larni, sarmoyadorlar kapitali uchun qulay ekotizim yaratishga xizmat qiladigan zarur texnologiya, tajriba va ko‘nikmalarni joriy qilish hamda IT-startaplarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan hamkorlik qilish g‘oyasi havola qilindi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston tomoni Jahon banki bilan mamlakatda «elektron tijorat», «salmoqli ma'lumot» (Big Data), shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining boshqa zamonaviy tendensiyalarini joriy qilish bo‘yicha taklif bilan chiqdi. Uchrashuvda tomonlar istiqboldagi hamkorlik rejalarini muhokama qildilar.
Mavzuga oid
21:16 / 29.06.2026
Jahon banki bilan uzoq muddatli Mamlakat dasturi ishlab chiqiladi
11:46 / 19.06.2026
Jahon banki O‘zbekistonga qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratadi
11:44 / 23.04.2026
Jahon banki Markaziy Osiyo energiya tizimlarini integratsiya qilishga 1 mlrd dollar ajratadi
11:25 / 24.03.2026