Jahon | 17:26 / 13.01.2018
5853
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyada tabiiy ofat qurbonlari soni ortmoqda

Foto: Reuters

AQShning Kaliforniya shtatida ko‘chki va dovullar tufayli halok bo‘lganlar soni 18 kishiga yetdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Shuningdek, xabarlarga qaraganda, dovul tufayli 60 ta uy butunlay vayron bo‘lgan, 400 dan ortiq binoga zarar yetgan.

Ta'kidlanishicha, okrug hududida kuchli yomg‘irlar o‘rmon yong‘inlaridan bir necha hafta o‘tib kuzatildi.

O‘t o‘chiruvchilar tog‘ yonbag‘ridagi daraxtlarni kesib tashlashgan, ular esa ko‘chkilar yuz berishiga xalaqit qilishi mumkin edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kaliforniya tarixidagi eng yirik yong‘inning tarqalishi to‘xtatilgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid