Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston yuk avtotransport vositalari va avtobuslaridan undiriladigan yig‘imlar bekor qilindi
Qozog‘iston yuk avtotransport vositalari va avtobuslari O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelishida undirilishi belgilangan «karantin ishlovi uchun» va «o‘tkazish punkti orqali kirganligi uchun» belgilangan yig‘imlar undirilishi bekor qilindi. Bu haqda Davlat Bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar bergan.
Ma'lum qilinishicha, qo‘mitaning ichki idoraviy hujjatga muvofiq, chegara bojxona postlarida tovarlar va transport vositalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazilishida turli to‘siq va sansalorliklarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha topshiriqlar berilgan. Bundan tashqari, bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini o‘rnatilgan tartibda, tezkorlik bilan amalga oshirish, bojxona nazoratini amalga oshirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, skaner qurilmalari va boshqa nazorat texnikalaridan samarali foydalanish nazarda tutilmoqda.
«Bu esa chegarada joylashgan o‘tkazish punktlarida jismoniy shaxslarning piyoda yoki shaxsiy avtomobillaridagi harakati, shuningdek ikki qo‘shni davlat hududlaridan o‘tuvchi yuk tashuvchi, jumladan tranzit harakatlanayotgan transportlar uchun ham tez va qulay harakatlanishida yanada keng imkoniyatlar yaratadi», deyiladi xabar matnida.
Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida 2017 yilda tasdiqlangan «Yo‘l xaritasi»ga asosan 2018-2019 yillar davomida o‘zbek-qozoq chegaralarida joylashgan «xalqaro» maqomidagi hamda ish hajmi keng bo‘lgan o‘tkazish punktlarini rekonstruksiya qilish orqali ularning o‘tkazish qobiliyatini yanada oshirish, katta hajmdagi rentgen-skaner apparatlari, radiatsion-nazorat tizimlari bilan jihozlash, videokuzatuv tizimini yanada yaxshilash, avtotransport vositalarining davlat raqamlarini aniqlash va yuk tashuvchi transportlarning og‘irligini aniqlaydigan zamonaviy qurilmalarni o‘rnatish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
10:05 / 22.06.2026
Yozgi issiqda avtobuslarda konditsionerlar ishi tekshirilmoqda
08:51 / 22.06.2026
Toshkentda avtobuslar uchun ajratilgan yo‘laklarga deliniatorlar o‘rnatilmoqda
10:15 / 16.06.2026
Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi
21:03 / 06.06.2026