Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili”da amalga oşirişga oid Davlat dasturi loyihasida sudyalar maqomining huquqiy asoslarini takomillaştiriş közda tutilgan. Bu haqda Norma.uz yozmoqda.
Eslatib ötamiz, prezident Ş.Mirziyoyev özining 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida “sud hokimiyatining çinakam mustaqilligini ta'minlaş uçun, birinçi navbatda, sudyalarni odil sudlovga ta'sir ötkazadigan omillardan himoya qiliş kerak. Tergov va sud işiga aralaşiş holatlarini aniqlaş, buning uçun javobgarlikni kuçaytiriş va jazo muqarrarligini ta'minlaş ğoyat muhimdir”, deb ta'kidladi.
Loyihaga köra, 2018 yil 1 aprelgaça Sudyalar oliy kengaşi, Oliy sud, Özbekiston sudyalar assotsiatsiyasi va Adliya vazirligi tegişli qonun loyihasini işlab çiqadi. Unda sudyalik lavozimiga ilk bor tayinlanayotgan nomzod böyiça tuman va şahar jamoatçiligi fikrini örganiş tartibi örnatiladi. Şuningdek, qonun loyihasida Prezident tomonidan sudyalik lavozimlariga tayinlaş (taqdimnoma kiritiş) tartibini takomillaştiriş rejalaştirilmoqda. Sudyalik lavozimida böliş muddatining ketma-ketligiga rioya etiş majburiy bölmaydi.
Hozirgi vaqtda sudyalar lavozimiga birinçi marotaba beş yil muddatga va keyin ön yil muddatga, şundan söng muddatsiz davrga tayinlanadi (saylanadi).
Loyiha 15.01.2018 yilgaça muhokama uçun oçiq.












