AQShda sudya do‘kon o‘g‘rilarini mashina yuvdirish bilan jazolashni taklif qildi
Michigandagi Walmart do‘konlar tarmog‘ida mayda o‘g‘riliklar soni nihoyatda oshib ketgan.

Foto: AP
Michigan shtati sudyasi Jyeffri Klote Walmart do‘konidan narsa o‘g‘irlaganlar uchun noodatiy jazo chorasini taklif qildi. Uning fikricha, supermarket avtoturargohidagi mashinalarni yuvish aybdorlarni o‘z qilmishi haqida o‘ylashga majbur qiladi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Sudya so‘nggi paytlarda chakana o‘g‘riliklar soni nihoyatda oshganidan hayratda. “Bu aqlga sig‘maydi”, — dedi u va bir kunning o‘zida bunday ish bo‘yicha 48 ta ariza kelib tushganini ta’kidladi.
Sudya muammoning g‘ayrioddiy yechimini taklif qildi. Uning fikricha, jamoat ishlarining nostandart shakli — Walmart avtoturargohidagi mashinalarni yuvish odamlarda do‘kondan biror nima o‘g‘irlash istagini so‘ndiradi, qolaversa bu narxlar oshganidan jig‘ibiyron bo‘lgan xaridorlar uchun yoqimli bonusga aylanadi.
“O‘g‘rilik qilayotganlarning hammasi ham yomon odamlar deb o‘ylamayman. Ba’zida odamlarning shunchaki omadi kelmaydi, lekin bu ularning qonunbuzarligini oqlamaydi”, — dedi u.
Walmart rahbariyati ushbu tashabbusni ijobiy qabul qilib, hatto politsiya uchun maxsus avtoturargohlarni ajratib berdi.
Sotuvchilardan birining Associated Press’ga ma’lum qilishicha, shu haftaning o‘zidayoq Michigan shimolidagi Gran-Blank shaharchasidagi do‘konda sodir etilgan mayda o‘g‘rilik uchun “Walmart’da mashina yuvish” jazosi qo‘llana boshlagan. Xodimning aytishicha, bu ishlarga 100 ga yaqin kishi jalb etilishi kutilmoqda. Ular mart va aprel oylarining dam olish kunlarida avtomobillarni yuvishga safarbar etiladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Gulnora Karimovaning Shveytsariyada musodara qilingan mablag‘laridan 95 mln dollar O‘zbekistonga qaytarilgan
O‘zbekiston | 15:54
-
Namanganda oilaviy bog‘cha tarbiyachisi 1,5 yosh bolaning oyog‘ini kuydirib qo‘ygani aytilmoqda
Jamiyat | 15:31
-
Rossiya qo‘shini Kiyevga raketa zarbasi yo‘lladi. Qurbonlar bor, o‘nlab kishilar yaralangan
Jahon | 15:26
-
General Popov 5 yilga qamaldi
Jahon | 15:09
Mavzuga oid

13:30
90 foiz uylar vayron bo‘lgan G‘azo, Kashmirdagi teraktda ayblanayotgan Pokiston va barbod bo‘lgan London muzokaralari - kun dayjesti

09:50
Tramp Londondagi Ukraina muzokaralarini ijobiy baholadi

09:50
Agar AQSh yadro sinovlarini tiklasa, Rossiya ham shunday qilishi mumkin – Shoygu

18:19 / 23.04.2025