«Tegishli javob qaytaramiz» - Eron AQSh sanksiyalaridan darg‘azab
Eron AQShning dushmanlik kayfiyatidagi harakatlariga qarshi choralar ko‘radi va tegishli tariqa javob qaytaradi. Bu haqda Islom respublikasi TIV ma'lum qildi.
Avvalroq, AQSh oyatulloh Sodiq Larijoniyni – Eron sud tizimi rahbarini sanksiya ro‘yxatiga kiritgandi. Tehronda bu qarorni “Trampning dushmanlik kayfiyatidagi va noqonuniy harakatlari” deb atashdi, ular "xalqaro hamjamiyatda o‘zini tutish bo‘yicha barcha chegaralardan chiqib ketdi hamda AQSh tomonidan xalqaro huquq va ikki tomonlama hamda xalqaro majburiyatlarning buzilishi sanaladi".
Eron bu harakatlarga “jiddiy reaksiya bilan” javob qaytaradi, deya ma'lum qildi TIV.
Bundan tashqari, eronliklarning sanksiya ro‘yxatiga kiritilishi Tehronda “AQSh hukumatining buyuk Eron millatiga qarshi dushmanligi davom etayotgani” isboti sifatida baholanmoqda.
Mavzuga oid
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12 / 16.11.2024
Uyqu to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi - tadqiqot
14:32 / 16.11.2024