Jahon | 10:10 / 13.01.2018
6520
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Eronni “terrorchilikning bosh homiysi” deb atadi 

Foto: Getty images

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronni “terrorchilikning bosh homiysi” deb atadi va uni “terrorchilik guruhlari”, jumladan “Hizbulloh” va HAMASni  qo‘llab-quvvatlashda aybladi.

“Eron tuzumi terrorchilikni moliyalashtiruvchi bosh davlat hisoblanadi. Uning bu xatti-harakatlari “Hizbulloh”, HAMAS va boshqa terrorchilarga alg‘ov-dalg‘ovlik urug‘ini sochishga va begunoh odamlarni o‘ldirishga imkon beradi”,  deb aytilgan Tramp bayonotida.

Trampning aytishicha, Eron “butun Yaqin Sharq bo‘ylab vayrongarliklar amalga oshirish uchun 100 mingdan ko‘proq terrorchini moliyalashtirgan, qurollantirgan va tayyorlagan”. 

Biroq Tramp Eron bilan “yadroviy kelishuv” doirasida Erondan sanksiyalar olinishi rejimi uzaytirilishiga qaror qildi.

“Prezident qarori AQShning Eron bilan qo‘shma harakatlar dasturida qolishi uchun talab qilinadigan “yadroviy” sanksiyalarni bekor qilishni yana bir marta uzaytirishdan iborat. Biroq prezident o‘zining bayonotida u bunday uzaytirishni oxirgi marta imzolayotganini aytgan”, deyilgan Oq uy ma'muriyatida.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid