Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilida kuchli zilzila sodir bo‘ldi
Chilida 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Oqibatda bir kishi halok bo‘lgan, 20ga yaqin kishi jarohat olgan. Zilzila yuz bergani haqida AQShning geologik xizmati ma'lum qilgan.
Zilzila markazi Peruning janubiy sohilidagi Akari shahridan 36 km janubroqda bo‘lgan.
Ma'lum qilinishicha, Yauka aholi punktida bir kishini qoyadan ajralgan bo‘lak bosib qolgan. Bir nechta avtomobil yo‘llariga ziyon yetgan. Tsunami xavfi yo‘qligi ma'lum qilingan.
Oxirgi marta Chilida bunday kuchli zilzila 2017 yil oktabrida sodir bo‘lgan. O‘shanda zilzila magnitudasi 6,3 ballni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
08:04 / 15.12.2025
Chilida prezidentlik saylovida konservator Kast g‘alaba qozondi
07:20 / 06.12.2025
Rossiya–Qozog‘iston, Argentina–Chili: dunyodagi eng uzun chegaralar ro‘yxati
20:14 / 19.09.2025
Chililik ayol o‘g‘irlangan qizlarini 45 yildan keyin topdi
21:36 / 23.06.2025