Sport | 16:14 / 15.01.2018
22794
2 daqiqa o‘qiladi

UFC Makgregordan chempionlik unvonini olib qo‘ymoqchi 

Toni Fergyuson va Xabib Nurmagomedov

Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) prezidenti Dana Uaytning xabar berishicha, tashkilot irlandiyalik Konor Makgregordan yengil vaznda UFC chempioni unvonini olib qo‘yish va rossiyalik Xabib Nurmagomedov hamda amerikalik Toni Fergyuson o‘rtasida jang uyushtirishni rejalashtirmoqda. Uaytning so‘zlari MMAjunkie tomonidan keltirilgan.

«Men Makgregorni u qilgan ishlari uchun har doim hurmat qilganman, biroq agarda hozir u tayyor bo‘lmasa – kamar ketadi. Agar Makgregor 2018 yilning sentabrida jang olib borsa, bu uning aralash yakkakurashlardagi so‘nggi jangidan 2 yil o‘tib o‘tkazgan bahsi bo‘ladi. Bunday bo‘lishi kerak emas. Bu hammaga adolatsizlik.

Biz Xabibning Toniga qarshi jangini uyushtiramiz, hozir buning ustida ishlamoqdamiz. Konor qaytadigan bo‘lsa, u chempion bilan jangga tushish imkoniyatini qo‘lga kiritadi», - deya ma'lum qildi Uayt.

Mavzuga oid