Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda toliblar yetakchisi 500 kg portlovchi moddani olib o‘tayotganda qo‘lga tushdi
Foto: NRK
Afg‘oniston shimolidagi Samangon viloyati ma'muriyati dushanba kuni «Tolibon» radikal harakatining otryadlari yetakchisi «Mavlavi-Shox» nomi bilan tanilgan Saloh Muhammad qo‘lga olingani haqida ma'lum qildi. Bu haqda Ariana News xabar bermoqda.
Mintaqa politsiya boshqarmasi matbuot xizmati boshlig‘i Munir Rahimiy so‘zlariga ko‘ra, Muhammad «Tolibon»ning uch a'zosi bilan Daray Suf uyezdida qo‘lga olingan. Ular Aybok shahriga 500 kg portlovchi moddani olib o‘tishga uringanlar.
Huquqni muhofaza qilish organlaridan ma'lum qilishlaricha, jangarilar ushbu portlovchi modda yordamida teraktlar sodir etishni rejalashtirishgan. Politsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, Muhammad Samangonda, shuningdek, mamlakat shimoli-sharqidagi Bag‘lon viloyati Dandi-Guri va Chashmai-Sher aholi punktlari hududida xavfsizlik kuchlari xodimlari bilan to‘qnashuvlarda ishtirok etgan.
Mavzuga oid
21:02 / 01.03.2026
Afg‘oniston Pokiston bilan to‘qnashuvlar davomida 400 nafardan ortiq harbiylarini yo‘qotdi
21:59 / 28.02.2026
Baxtiyor Saidov Afg‘oniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari bilan muloqot o‘tkazdi
21:42 / 27.02.2026
O‘zbekiston Afg‘oniston va Pokistonni o‘t ochishni darhol to‘xtatishga chaqirdi
07:58 / 27.02.2026