Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya qirg‘oqlarida 7 kishining jasadi topildi, ular KXDR fuqarolari bo‘lishi mumkin
Yaponiyaning Kanadzava shahri qirg‘oqlari yaqinida baliqchilar qayig‘i topildi, uning ichida yetti nafar noma'lum shaxsning jasadi bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, ular Shimoliy Koreya fuqarolaridir. Bu haqda «Kiodo» agentligi politsiyaga tayangan holda xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lgan shaxslarning tanasida hech qanday jarohat izlari topilmagan.
Ekspertlar ekipaj halokatiga nima sabab bo‘lganini jasadlarni yorib ko‘rish orqali aniqlash niyatida.
Avvalroq, Yaponiya qirg‘oqlari yaqinida uch kishining, taxminlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya fuqarolarining jasadi topilgani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026