Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Jahon bankining bosh ijrochi direktorini qabul qiladi
2018 yilning 18 yanvar kuni O‘zbekistonga Jahon bankining bosh ijrochi direktori Kristalina Georgiyeva boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
Jahon bankining delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.
Tashrif dasturiga binoan O‘zbekiston va Jahon banki Guruhi o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilish maqsadida hukumat va Oliy Majlis Senatida uchrashuv va muzokaralar olib boriladi.
Avvalroq, Jahon banki hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonning 2017 yildagi iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichi 6.2 foizni tashkil qilgani, bu undan oldingi yillarga nisbatan pastroq ko‘rsatkich hisoblanishi ma'lum bo‘lgandi. Biroq, Global Economic Prospects’da yanvar oyida taqdim etilgan prognozlarga ko‘ra, 2018-2020 yillarda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulot (YaIM)ning o‘sish ko‘rsatkichlari Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yaxshi natijani qayd etadi - 5.6 foiz (2018), 6.3 foiz (2019), 6.5 foiz (2020).
Mavzuga oid
11:46 / 19.06.2026
Jahon banki O‘zbekistonga qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratadi
11:44 / 23.04.2026
Jahon banki Markaziy Osiyo energiya tizimlarini integratsiya qilishga 1 mlrd dollar ajratadi
11:25 / 24.03.2026
Jahon banki Surxondaryoda yo‘l qurishga 200 mln dollar ajratadi
10:09 / 24.02.2026