22:13 / 17.01.2018
6876

«Everton» Uolkott transferini e'lon qildi

Foto: Everton

12 yil «Arsenal» safida to‘p surgan angliyalik futbolchi Teo Uolkott klubini o‘zgartirdi. «Everton» ushbu 28 yoshli futbolchini 20 million funt evaziga transfer qilganini e'lon qildi.

Uolkott yangi klubi bilan 3,5 yillik shartnomaga imzo chekkan. U biroz avvalroq «Olimpiakos»ga ketgan Kevin Miralyasdan bo‘shagan 11-raqamli futbolkada to‘p suradi.

Uolkott joriy mavsumda «Arsenal»ning barcha turnirlar doirasidagi 16 uchrashuvida maydonga tushgan va 4 gol urib, 2 golga hammualliflik qilgandi.

Mavzuga oid
Top