Ferrari yo‘ltanlamas ishlab chiqaradi
Ferrari kompaniyasi yo‘ltanlamas ishlab chiqarishga qaror qildi. Bu haqda Detroyt avtosaloni doirasida Fiat Chrysler Automobiles alyansi rahbari Serjio Markionne ma'lum qildi.
“U Ferrari yo‘ltanlamasi kabi bo‘ladi va shu bilan birga Ferrari kabi boshqarilishi kerak”, deb aytgan Markionne. Uning aytishicha, bu mashina o‘z sinfida eng tezkori bo‘ladi. Hozir bu nom Lamborghini Urus’ga tegishli bo‘lsa-da, Markionne asosiy raqobatchisi sifatida Alfa Romeo Stelvio Quadrifoglio’ga ishora qildi.
650 ot kuchiga ega Lamborghini yo‘ltanlamasi 100 km/soat tezlikka 3,6 soniyada erishadi, maksimal tezligi 305 km/soatga yetadi. 510 ot kuchiga ega Stelvio Quadrifoglio esa 100 km/soat tezlikka 3,8 soniyada erishadi, maksimal tezligi 285 km/soatga yetadi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Ferrari yo‘ltanlamasi GTC4 Lusso modeli bazasida quriladi, to‘liq privod va yurishga qarshi yo‘nalishda ochiluvchi eshiklar bilan jihozlanadi. Mashina 8 silindrli dvigatel yoki hattoki gibrid kuch qurilmasi olishi mumkin.
Yangi mashina 2019 yil oxiri-2020 yil boshida sotuvda paydo bo‘ladi.



Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

14:17 / 25.01.2025
Trampga tegishli bo‘lgan Ferrari 1 mln dollarga auksionga qo‘yildi

15:21 / 14.11.2024
Mixael Shumaxerning so‘nggi Ferrari avtomobili kimoshdi savdosiga qo‘yildi

16:57 / 03.10.2024
AQShda AirPods quloqchinlari o‘g‘irlangan Ferrari’ni topishga yordam berdi

12:55 / 03.08.2024