18:20 / 18.01.2018
38897

Babayandan arman jurnalistiga javob: «Men shu buyuk Vatanning fuqarosi ekanligimdan faxrlanaman»

«Hayotda shunday insonlar borki, ularning hayotida biror muqaddas tushuncha yo‘q, ular yaxshilikni qalb ko‘zi bilan ko‘ra olishmaydi. Undaylar odamlar va xalqlar o‘rtasiga nifoq urug‘ini sochishnigina istashadi.

Shu kunlarda Armenian Report saytida Tevos Arshakyan nomli allaqanday jurnalist, agar uni shunday deb atash mumkin bo‘lsa, o‘z maqolasida jazavaga tushgancha ahmoqona fikr — o‘zbeklarning armanlarga nisbatan nafrati va hasadi haqida so‘z yuritadi. Va u bularning barchasini O‘zbekiston Futbol federatsiyasining O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayanning umrbod futboldan chetlatish haqidagi qaroriga tayanib o‘ylab topadi.

O‘FFning ushbu qarorini Arshakyan siyosiy rakursda sharhlab, O‘zbekistonda yashayotgan armanlar uchun yorug‘ kunlar tugab borayotganiga ishora qiladi. Bizga bu maqola haqida Babayanning o‘zi qanday fikrda ekanligini bilish qiziq bo‘ldi, Samvel Vyacheslavovichning o‘zi esa allaqachon maqola egasiga javob xati yo‘llashga ulgurgan ekan», deb yozadi Interfutbol sayti va Samvel Babayanning Tevos Arshakyanga yozgan quyidagi xatini keltiradi:

«Sizning provakatsion maqolangizni o‘qib men taajjubga tushdim: sizning asl vaziyatdan xabardor bo‘lmay turib, bizning mamlakatimizda millatchilik borligi haqida yozishga qanday ma'naviy haqqingiz bor? Men, Babayan Samvel, shu buyuk mamlakatning fuqarosi ekanligimdan faxrlanaman. Men o‘zbek mahallasida tug‘ilib o‘sdim, gapirishni o‘rganib, ilk aytgan so‘zlarim ham o‘zbekcha bo‘lgan. Menga o‘z vatanimga bo‘lgan muhabbat va vatanparvarlik ruhi ona suti bilan kirgan, o‘z farzandlarim va O‘zbekiston faxri bo‘lgan shogirdlarimga ham shunday tarbiya beraman. Mening mamlakatim o‘ta bag‘rikeng, millati va dinidan qat'i nazar, har qanday insonga o‘zini namoyon etish uchun imkoniyat eshiklarini ochib beradi. Mening arman ekanligim va mamlakat bosh terma jamoasi bosh murabbiy etib tayinlanganimning o‘ziyoq bundan dalolat berib turibdi va bunday misollar juda ko‘p.

Sizning O‘zbekiston va o‘zbek xalqi to‘g‘risidagi so‘zlaringiz mas'uliyatsiz va jinoyatkorona. Men bu xalq va mamlakat haqida to‘xtamasdan so‘zlab berishim mumkin, lekin bunday qilmayman, chunki bu o‘lkaning qanday ekanligini butun dunyo ahli biladi. Bu yerga bir marta kelgan kishi O‘zbekistonni sevib qolmasdan iloji qolmaydi. Men sizdan kelgusida men fuqarosi bo‘lgan va fuqarosi ekanligimdan faxrlanadigan jonajon O‘zbekistonimga daxldor bunday shov-shuvli va asossiz bayonotlar bilan chiqish qilmaslikni so‘rayman. Siz o‘zi kimsizki, o‘z vataniga va xalqiga xizmat qilishga o‘zini baxshida etgan prezidentimizga baho bersangiz? Mening har bir so‘zimga bu barokatli zaminda asrlar bo‘yi yashab kelayotgan barcha armanlar qo‘shiladi. 

Mening jonajon O‘zbekistonim haqidagi nuqsonli va buzuq fikrlarini to‘g‘irlab olish uchun, provakatsion maqolalar yozishdan avval siz bu yerga kelib turli millat va elat vakillari nechog‘lik do‘st va hamjihat bo‘lib yashashayotgani, mamlakatimiz naqadar dinamik rivojlanayotgani, jahon arenasida tobora obro‘-e'tibor qozonayotganini ko‘rsangiz zarar qilmasdi. Mening diskvalifikatsiyam ish bilan bog‘liq holat, men buni hech kim bilan muhokama qilmoqchi emasman, bo‘lib ham, sizday inson bilan va har bir harakatim uchun o‘zim javob berishga tayyorman. Ushbu provakatsion maqolani yozayotganingizda, bilmayman, qanday maqsadlarni ko‘zlagansiz. Lekin jurnalistik axloq qoidalariga muvofiq, siz mendan va bu zaminda yashayotgan boshqa armandan millatlararo munosabatlar haqida so‘rashingiz kerak edi. Yuqoridagilarni hisobga olib, men sizdan uzr so‘rashni talab qilaman va real axborotlarga ega bo‘lmasdan bunday mavzularni ko‘tarishdan avval mas'uliyatliroq bo‘lishni so‘rayman».

Xatning rus tilida yozilgan asl matni:
«Prochitav vashu provokatsionnuyu statyu, ya byl v nedoumenii, kakoye vy imeli moralnoye pravo, pisat pro natsionalizm v nashey strane, ne znaya istinoy situatsii. Ya Babayan Samvel gorjus, chto ya grajdanin etoy velikoy strany. Ya rodilsya i vyros v Uzbekskoy maxalle, kogda ya tolko uchilsya govorit pervyye slova, oni byli na uzbekskom yazyke.  Ya s molokom materi vospitan v duxe lyubvi i patriotizma svoyey  Rodine, i takjye ya vospityvayu svoix detey i uchenikov, kotoryye seychas yavlyayutsya gordostyu Uzbekistana. Moya strana ochen tolerantna, i dayot vozmojnost proyavit sebya vsem ne zavisimo ot natsionalnosti i veroispovedanii. Tot fakt, chto ya armyanin i byl naznachen na post glavnogo trenera, govorit ob etom, i takix primerov mnogo.

Vashi slova ob Uzbekistane i uzbekskom narode bezotvetstvenny i prestupny. Ya mogu beskonechno govorit ob etom narode i etoy strane, no ne budu etogo delat potomu, chto vo vsyom mire znayut ob etom kraye. Kto xot raz pobyval zdes, ne mojyet ne vlyubitsya v Uzbekistan. Ya vas proshu vpred ne dopuskat takix gromoglasnyx i bezosnovatelnyx zayavleniy, kotoryye kasayutsya moyego rodnogo  Uzbekistana, strany, grajdaninom kotorogo ya yavlyayus i gorjus etim. Kto vy takoy  chtoby davat otsenku nashemu prezidentu, cheloveku kotoryy posvyatil vsego sebya slujyeniyu svoyemu otechestvu i narodu. Pod moimi slovami podpishutsya vse armyane, kotoryye na protyajyenii vekov projivayut na etoy blagodatnoy zemle.

Chtoby ispravit svoyo ushcherbnoye i iskajyennoye mneniye o moyem rodnom Uzbekistane, vam prejde chem pisat takiye provokatsionnyye stati  ne meshalo by priyexat i posmotret naskolko drujno zdes jivut lyudi raznyx natsionalnostey. Kak dinamichno razvivayetsya nasha strana, zavoyevyvayet vsyo bolshiy avtoritet na mejdunarodnoy arene. Moya diskvalifikatsiya eto rabochiye moment, kotoryy ya ne sobirayus ni s kem obsujdat, tem boleye s vami, i za kajdoye svoyo deystviye gotov otvechat. Ya ne znayu, kakoy tseli vy presledovali, kogda pisali etu provokatsionnuyu statyu. Sleduya jurnalistkoy etike, vy doljny byli sprosit menya i drugogo armyanina, yavlyayushchixsya grajdanami Uzbekistana  o situatsii mejnatsionalnyx otnosheniy. Uchityvaya vysheizlojyennoye ya trebuyu , chtoby vy izvinilis, i byli boleye otvetstvenny prejde chem podnimat dannuyu temu, ne imeya realnoy informatsii».

Top