Jahon | 19:20 / 18.01.2018
34442
1 daqiqa o‘qiladi

Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevga ta'ziya izhor etdi 

Foto: Tengrinews

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Aqto‘be viloyatida yo‘lovchi avtobusining yonib ketishi oqibatida O‘zbekiston fuqarolari fojiali halok bo‘lgani munosabati bilan prezident Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Qozog‘iston xalqi nomidan va shaxsan o‘zimning nomimdan halok bo‘lganlarning oila a'zolari hamda yaqinlariga hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazib qo‘yishni so‘rayman. Jabrlanganlar tezroq sog‘ayib ketishi va o‘z oilalari bag‘riga qaytishini tilayman», - deyiladi telegrammada. 

Bundan tashqari, Qozog‘iston rahbari topshirig‘iga ko‘ra hodisa tafsilotlari va sabablarini aniqlashtirish uchun hukumat komissiyasi tashkil etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda yonib ketgan avtobus Rossiyaning qaysi shahriga ketayotgan bo‘lgani aytilgandi.

 

Mavzuga oid