Sian (Şensi provinsiyasi)dagi 100 metrli havo tozalovçi minora bu yönalişdagi dunyodagi eng noyob va baland obekt hisoblanadi. Dastlabki tadqiqotlar davomida uning havodagi ifloslikni 15 foizga qisqartirişning uddasidan çiqqani aniqlandi. South China Morning Post şu haqida xabar berdi.
Sian şahridagi 100 metrli havo tozalovçi minora Xitoy Fanlar akademiyasining maxsus loyihasi doirasida qurilgan. Olimlarning sözlariga köra, u şaharni joylaşuviga qarab 10 kilometr radiusda smogdan tozalaşga yordam beradi. Minora qurilişi 2015 yilda boşlangan, asosçilarning sözlariga köra, u bu turdagi dunyodagi eng baland va noyob minora hisoblanadi. Loyiha qiymati oşkor etilmagan.
Tizim futbol maydonining yarmiga teng keladigan hududda joylaşgan minora atrofidagi issiqxonalar yordamida işlaydi. Ifloslangan havo issiqxonalarga tortiladi va quyoş energiyasi yordamida isiydi. Qaynoq havo minoraga kelib tuşadi va köp bosqiçli tozalaş tizimlaridan ötib, yuqoriga kötariladi. Şundan söng qaytib atmosferaga çiqadi.
Tajribaning ilk bir neça oyida minora 10 million kub metr havoni tozaladi. Olimlar jamoasi minora atrofidan 10 kilometr radiusda köplab havo monitoringi stansiyalarini örnatdi. Ular ifloslik darajasining 15 foizga qisqarganini körsatmoqda. Tadqiqotning yetakçi muallifi Tsaol Yuntszining sözlariga köra, hatto eng tutunli kunlarda ham smogni me'yoriy darajaga keltirişga muvaffaq bölingan. Bu vaqtinçalik natijalar, zero tajriba hali davom etmoqda. Tadqiqotçilar mart oyida obekt samaradorligining töliq ilmiy bahosini öz içiga olgan batafsil hisobotni taqdim etişni rejalaştirişmoqda.
Agar tajriba muvaffaqiyatli ötsa, Xitoyning köplab şaharlarida şunday minoralar quriladi. Minora balandligi esa beş karraga oşiriladi: balandligi - 500 metrga, diametri esa - 200 metrga. Har holda 2014 yilgi patent arizasida şunday raqamlar körsatilgan. Şunday bölgan taqdirda, issiqxonalar 30 kilometr kvadrat hududda joylaşadi va obektlar şahar havosini töliq tozalay oladi.
Havo sifatini yaxşilaş maqsadida Xitoy temir rudasi qazib oliş litsenziyalarining uçdan birini bekor qilmoqçi. Kampaniya davomida mingdan ortiq litsenziyalar qaytarib olinadi. Tabiat qöriqxonalari yaqinida joylaşgan joylarda ham ruda qazib oliş taqiqlanadi.

















