Jahon | 14:31 / 19.01.2018
5201
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh davlat kotibi 1 hafta ichida 4 davlatga boradi 

Foto: Anadolu

AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Yevropa davlatlari bo‘ylab bir haftalik turneni amalga oshiradi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti xabar berdi.

Tillerson 21-27 yanvar kunlari Buyuk Britaniya, Fransiya, Shveytsariya hamda Polshaga boradi.

Turne Londonga tashrifdan boshlanadi, u yerda Amerika diplomatiyasi yetakchisi Buyuk Britaniya TIV rahbari Boris Jonson bilan uchrashadi. Eron, Suriya, Liviya, Ukraina va KXDR mavzusini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Parijga Tillerson 23 yanvar kuni kelib, Fransiya hukumati vakillari bilan muzokaralar o‘tkazadi.

24-26 yanvar kunlari esa davlat kotibi Shveytsariyaning Davosidagi Butunjahon iqtisodiy forumida ishtirok etadi.

Turne 26 yanvar kuni, Tillersonning Varshavadagi muzokaralari bilan yakunlanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid