21:40 / 20.01.2018
7358

Xorvatiya politsiyasi 59 xitoylikni qullikdan ozod qildi

Foto: Maksim Bogodvid

Xorvatiyada odam savdosi qurbonlariga aylangan va ishlatish uchun zo‘ravonlik bilan ushlab turilgan 59 xitoylik ozod qilindi. Bu haqda Xorvatiya ichki ishlar vazirligi ma'lum qildi. Odamlar ikkita kol-sentr orqali firibgarlik yo‘li bilan yollangan.    

Ushbu hodisa yuzasidan Xorvatiyaning ikki fuqarosi va obektlarda qo‘riqchilar bo‘lib ishlagan ikki xitoylik qo‘lga olingan.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, ushlanganlardan biri 48 yoshli erkak bo‘lib, Zagrebda 800 va 400 kvadrat metr maydonga, internet va elektron qurilmalarga ega ikkita uyni ijaraga olgan. Qurilmalar Xitoy fuqarolarini aldab yollash uchun qo‘llangan. Yana bir ushlangan 51 yoshli xorvat qurbonlarni qo‘shni Sloveniyadan olib kelgan.

Jabrlanuvchilar avval osiyoliklar orasidan tez va oson qonuniy pul topish, qarzlardan qutulish va'dalari ostida, ba'zi hollarda esa qo‘rqitish orqali yollangan. So‘ngra ular Sloveniyaga, u yerdan esa Xorvatiyaga yetkazilgan.

Hibsga olinganlar xitoyliklarning hujjatlarini tortib olib, ularni qo‘rqitib, aloqa va harakatlanish imkoniyatidan mahrum qilishgan. Ushbu hodisa yuzasidan tergov boshlangan.

Mavzuga oid
Top