15:49 / 20.01.2018
25832

Osiyo chempionati U-23. O‘zbekiston terma jamoasining 1/2 finaldagi raqibi aniq bo‘ldi

Xitoyda davom etayotgan 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining navbatdagi chorak final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Janubiy Koreya U-23 terma jamoasi Malayziya U-23 terma jamoasi bilan kuch sinashib qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvning 1-daqiqasidayoq Cho Je Van koreyaliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim o‘rtasida Tanabalan hisobni tenglashtirdi. Biroq o‘yinning so‘nggi daqiqalarida Han Syong Gyu tomonidan kiritilgan gol Janubiy Koreyaga g‘alaba keltirdi.

Natijada Janubiy Koreya U-23 terma jamoasi musobaqa yarim finalida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.

OCh U-23. 1/4 final

Janubiy Koreya U-23 - Malayziya U-23 2:1 (1:0)
Gollar:
 Cho Je Van (1), Han Syong Gyu (85) - Tanabalan (67).

Mavzuga oid
Top