Aslida bu yerda U23 terma jamoamizning sönggi öyinlari tahlili, aynan qaysi nuqtalarda yaxşi öynab, qayerlarda xato qilganimiz haqida uzun maqola bölişi kerak edi. Ammo endi bu gaplar ölib bölgan bemor haqida «qon bosimi normal holatda, oşqozoni juda soğlom» qabilidagi hisobotlarni öqiş kabi sizlarni qiziqtirmasligini bilaman. Rostan ham, afsuski, Druloviç tuzgan aynan şu jamoa «öldi», endi xuddi şu şaklda, xuddi şu tarkibda jamoa bölmaydi. Yozgaça ham bormagan uşbu «bemor»ning ölimiga aynan nimalar sabab bölgani haqida esa fikr bildirsa böladi.
Hammamiz yaxşi bilamizki, FIFA özi a'zo bölgan mamlakatlarda hukumatning futbolga aralaşuviga yöl qöymaydi, mabodo, bu haqida bilib qolsa, öşa mamlakat a'zolikdan çiqarib yuborilişi ham mumkin. Bir qaraganda, aslida, teskarisi bölişi kerakdek, axir, davlatlar futbolga e'tibor bera boşlaşsa, turli qaror va islohotlar bilan joylarda futbol rivojlantirilsa, FIFA uçun bu ayni muddao emasmi? Hukumatlar futbolga yaqindan qiziqiş orqali, FIFAning joylardagi mehnatini osonlaştirmaydimi?
Albatta, FIFA hukumatlarning futbolni rivojlantiriş borasidagi har qanday qarorlarini olqişlaydi, futbolga yaratiladigan şaroit va moddiy baza borasidagi loyihalarni qöllab-quvvatlaydi, ammo «futbolga aralaşiş» deganda taşkilot boşqa narsani nazarda tutadi – futbol har qanday siyosiy qarorlardan xoli va erkin bölişi kerak. Futbol faqat futbol nuqtayi nazaridan tahlil qilinişi va boşqarilişi kerak. Yuqoridagi qoidalar orqali FIFA mamlakatlardagi futbolni himoya qilişga urinadi, xolos. Qaçonki, davlatlar futboldagi natijalar orqali öz siyosiy mavqelarini mustahkamlaşga harakat qilişsa, qarorlardagi adekvatlik yöqolib boradi, futbol hisobotga aylanadi, mehnat orqali ma'lum bir natijalarga erişiş emas, ma'lum bir natijalar yordamida özini mehnat qilgandek körsatişga bölgan istaklar avj ola boşlaydi. Bu futbol uçun xavflidir.
Bilasizmi, futbol texnikasidan taşqari, ikki muhim jihat bor: motivatsiya (çoğlaniş) va sovuqqonlik. Jamoa öyinida va közlangan maqsadga erişişda bu ikki holat ham juda muhim va ularning öz örni bor.
Masalan, maşğulotlarda futbolçilar maksimal darajada sovuqqon bölişadi, şuning uçun ular aynan maşğulotlarda heç qaçon maydonda qila olmaydigan harakatlarni amalga oşirişlari mumkin. Ba'zida futbolçilarning maşğulotlarda ajoyib zarba ijro etganini köramizki, xuddi şuni u öyin paytida amalga oşira olmaydi. Agar oşirsa, oğzimizni kattaroq oçamiz, aslida xuddi şunday gollar maşğulotlarga önlab urilişi mumkinligini bilsak-da. Sababi, sovuqqonlik futbolçiga öz mahoratini işga solişi uçun kerak bölgan juda kerakli xislat, muhim öyin paytida sovuqqonlikni maksimal darajaga çiqara oliş deyarli imkonsiz.
Mavzuga oid
Lekin öyin paytida futbolçi maşğulotlarda u heç qaçon ega bölmaydigan boşqa jihatga – motivatsiyaga ega böladi. Uning aslidan köproq, tezroq yugurişi, özida yöq bölgan kuçni topa olişi, ba'zida jismoniy imkoniyatlaridan balandroq nimanidir namoyiş qila olişi aynan motivatsiyaga boğliq. U heç qaçon maşğulotlarda öyindagi kabi motivatsiyaga ega bölmaydi.
Öta yuqori motivatsiya sovuqqonlikni pasaytiradi, sovuqqon böliş uçun esa, motivatsiyani haddan taşqari oşirib yubormaslik kerak. Har ikkisi ham zarur, motivatsiyasiz murabbiy şogirdlarini köproq harakat qilişga, mehnat qilişga çoğlay olmaydi, sovuqqonliksiz esa, kerakli taktikani quriş, futbolçilar körsatmalarni bajarişi va kerak bölganda vaziyatlardan foydalanişi qiyinlaşib ketadi. Bu göyoki bir-biriga zid bölgan ikki faktor doimiy ravişda kuraşadi va futbolda murabbiy oldida turadigan eng asosiy vazifalardan biri aynan mana şu jabhada muvozanat vujudga keltirişdir.
Endi bir qiziq mulohaza, e'tibor berganmisiz, qaçon motivatsiya boş planga çiqadi-yu, qaçon sovuqqonlik juda zarur? Eslang, aynan murabbiy motivator tomonidan amalga oşirilgan ajoyib nutq bilan erişilgan afsonaviy ğalabalar qaçon sodir bölgandi? Misol uçun, «Yunayted»ning «Bavariya» ustidan öşa ğalabasi – «yigitlar, hozir kubok sizlardan ellik metr naryoğda turibdi, lekin unga teginiş, kötariş uçun bugun bor kuçlaringni sarflamay turib, ertaga yana finalga kelişni öylab ham ötirmanglar, olğa». Fergyuson birinçi bölimdan söng yutqazayotgan şogirdlarini şunday deb maydonga boşlaydi.
Yoki Rafa Benitesning «Liverpul»i. Aytişlariça, u tanaffus paytida heç narsa demagan, şunçaki, yeçiniş xonasi oynalarini oçib qöygan. U yerdan «Liverpul» muxlislarining «You will never walk alone» qöşiği balandroq eşitila boşlagan. Mana bu - motivatsiya.
Qarangki, raqib kuçli öyin körsatayotganda, heç qanday taktika iş bermay, qanaqadir qöşimça kuç zarur bölib turganda, murabbiylar motivatsiyani birinçi planga olib çiqişar ekan. Ya'ni öşa «MYu» ham, öşa «Liverpul» ham aslida, har tomonlama «Bavariya» va «Milan»dan kuçsiz öyin körsatayotgandi, murabbiylar nimaning hisobiga öyinda buriliş yasaş mumkinligiga aqllari yetmayotgandi ham balkim.
Sovuqqonlik esa, afsonaviy ğalabalarda eslanmaydi. Çunki, öşa öyinlarda kuçliroq jamoa ğalaba qozongan, hammasi öz holiça tugagan böladi. Jamoa özidan kuçsizroq bölgan yoki teng bölgan jamoaga qarşi töğri taktika, yaxşi reja va vaziyatlardan unumli foydalaniş yordamida ğalaba qozonadi. Bu yerda esa, sovuqqonlik eng zarur faktorga aylanadi, murabbiylar ortiqça gaplardan tiyilib, imkon qadar şogirdlariga futbolni, raqibni, ustunlik va kamçiliklarni, maydondagi vazifalarni tuşuntirişga harakat qiladi. Futbolçining miyasi aynan futbol bilan töla bölişi muhim.
2009 yildagi YeÇL finali oldidan, Pep futbolçilarga video qöyib beradi. Pep va Tito finalgaça bosib ötgan yöl haqida video tayyorlaşgan ekan. Lavhalarda çiroyli gollar, qiyin holatlar va «Gladiator» filmi musiqasi bor edi.
«Boss juda hissiyotga beriluvçan edi. U uzoq vaqt videoni tayyorladi va bizni içkariga kiritmay turdi. Biz filmni körib yiğlab ham yubordik, keyin Andre Boçelli Çempionlar Ligasi gimnini kuylayotganda, yanayam badtar böldi ahvolimiz. «Mançester Yunayted» futbolçilari bizga nima bölganini tuşunmay, hayron bölişgandi», – deb eslaydi Viktor Valdes.
Manel Estiarte, tarixdagi eng kuçli vaterpolistlardan biri, Gvardiolaning yordamçisi esa, şunday deydi: «Agar video futbolçilarni motivatsiyasini oşiriş uçun tayyorlangan bölsa – bu juda notöğri qaror bölgan. Futbolçilar ğalati bölib qolişgan, agar ilk 10 daqiqada Valdes bizni qutqarmaganda, uçta gol ötkazib yuborardik».
Işonamanki, Joze Mourino 2010 yilgi Yevropa Çempionlar Ligasida «Barselona »ga qarşi javob öyini oldidan köp vaqtini şogirdlarining motivatsiyasini oşirişga sarflagan, lekin finalda, «Bavariya» bilan öyinda esa, aksinça, sovuqqonlikni oşiriş, xotirjamlik haqida gapirgan, reja asosida harakat qilinsa, ğalaba «Inter» qölida ekanini işontirişga uringan. Sababi, «Barselona» kuçli edi, ularni şunçaki, taktika bilan yutib bölmasdi, Joze baqirgan, tentaklik qilgan, futbolçilarni jangga, ölimga ketayotgandek tayyorlagan, şu öyindan keyin boşqa hayot yöqligiga işontirgan. Finaldagi «Bavariya» esa «Inter»dan kuçsiz bölgan, Mourino şogirdlari ortiqça hayajon va bosimga berilib ketişidan qörqqan, baqirmagan, yiğlamagan, özini sovuqqon tutib, bu kayfiyatni şogirdlariga yuqtirmoqçi bölgan. Har ikki öyinda ham hal qiluvçi omil mana şu yerda edi, menimça.
Endi özimizning mavzuga kelamiz. Mutaxassislardan tortib, muxlislargaça bir fikrda yakdil: Biz Saudiya Arabistonidan ham, Avstraliyadan ham yaqqol kuçsiz emasdik. Jamoa körsatgan umumiy öyin, hamda tarkibdagi ijroçilar, mahorat borasida ham. Hatto raqib murabbiyining kuçli taktik qopqoniga tuşib ham qolmadik, öyinlar raqibning rejasi asosida ketayotganini his qilmadik, masalan. Buni körsatkiçlar ham namoyiş etib turibdi. Har ikki öyinda ham biz töpni raqibdan köra yaxşiroq nazorat qildik, köproq hujum qildik, köproq zarba berdik, köproq xavfli vaziyat yaratdik, kuçliroq öynadik. Xöş, unda nega, natija har doimgidek böldi, yana öyin oxirida arablarga oşimizni tutqazdik, yana Avstraliya darvozasini işğol qilişni uddalay olmadik?
Sababi, biz futbol sohasidagi barça mehnatimizni, harakatlarimizni, umidlarimizni birgina Bobur Abduxoliqovning oyoqlari ostiga taşlagandik. Ha, Mbappedan yoşi kattaroq bölgan futbolçi nahotki, arzimas bosimni yengib, öşa vaziyatda gol ura olmasmidi, deb kulmang, Pele ham minginçi golini faqat penaltidan ura olgan, xolos – ÖFA bu jamoaga bölgan ortiqça munosabati bilan futbolçilarimizga Avstraliya himoyaçilaridan köra köproq xalaqit berdi.
Bor umidlarning tikilişi, murabbiylarning Tailandga boşlab borilişi, juda katta delegatsiyalar, Yoşlar ittifoqi, vatanparvarlik haqidagi, ularning orqasida öttiz tört million qora köz turgani haqidagi balandparvoz gaplar, muxlislarga charter reyslar, Xirosimalarni eslaş, menimça, oxirida Ozodbek Nazarbekov ham borib «Mendirman öşa» qöşiğini jonli hirgoyi qilib bermadi, xolos. Aslida esa, Druloviç va şogirdlari biroz tinç qöyilişi, ular özaro futbol haqida gaplaşib olişlari zarur edi, çunki körinib turibdi, federatsiyadan törtta odami bilan kelib, maqsadga erişib ketgan Saudiya Arabistoni ham, Avstraliya ham bizdan kuçli emasdi. Bizga motivatsiya emas, sovuqqonlik kerak edi, motivatsiya emas, sovuqqonlik yetişmadi.
ÖFAning, terma jamoalar bilan işlaş bölimining vazifasi - jamoalarimizga layoqatli murabbiylarni topib, tayinlaş, keyin musobaqalarga tayyorlaniş uçun şaroitlarni yaratib beriş. Agar bu vazifalar öz örnida bajarilib borilsa, Abduxoliqov gol uradimi, urolmaydimi, bundan qat'i nazar, olimpiadaga çiqamizmi, yöqmi, bundan qat'i nazar, öz işini bajargan bölaveradi. Men öylamayman, masalan Angliya futbol assotsiatsiyasi öz faoliyatini Angliyaning Yevropa çempioni bölişiga boğlaşini. Musobaqalar paytida AFA ham xuddi ingliz fuqarolari kabi, bir muxlisga aylanadi. Terma jamoa yutsa, bayram qiladi, yutqazsa, murabbiy yoki strategiya xatolari tahlil qilinib, bunday holat qaytarilişi oldi olinadi, tamom. Angliya çempion bölsa, yaxşi işladik, çempion böla olmasa, yaxşi işlay olmadik, deyilmaydi.
Agar Olimpiadaga çiqqanimizda, tasavvur qilyapman, katta tadbirlar, futbolimiz rivojlanayotgani haqida minbarlardan turib aytiladigan fikrlar, hammasi juda töğri amalga oşirilgani töğrisidagi hisobotlar, mukofotlar. Rostan ham şundaymi? Barçasini birgina aniq yoki noaniq zarbaga tikişning xavfli ekanini nahotki tuşunmadik. Birgina ğalaba tufayli, bir neça yillik mehnat bilan maqtanişni yaxşi körar ekanmiz, bu holatning teskari ta'siriga ham tayyor turişimiz kerak – birgina mağlubiyat tufayli, barça qilingan işlar çippakka çiqişi mumkin. Özimiz şu yölni tanlayapmiz, nima qilaylik?
Futbolni futboldan uzoq bölgan Ahmadjonov boşqaradimi, futbolga eng yaqin bölgan Ermatov boşqaradimi, farqi yöq, asosiy ölçov boşqa yerda: hisobotlarda «olimpiadaga çiqiş uçun şu işlar qilindi» deb yozilişi kerak, «olimpiadaga çiqildi» deb emas. Çunki birinçisi, sabab, ikkinçisi oqibat. Boşqaruvçilarimiz sabablarni yaratişga mas'uldirlar, oqibat esa, doimgidek, futbolçilarning qölida. Vaziyatga şunday qaraş töğri yöldir.
Ijtimoiy tarmoqqa qaranglar, muxlislarning fikrlariga e'tibor beringlar, heç kim «Abduxoliqov urolmadi», «Yaxşiboyev sal yaxşi öynaganda yutardik» demayapti, «futbolimiz özi şunaqa», «hammasi çirib ketgan», «islohotlar qiliş kerak» deb, hamma vaziyatni çuquridan olyapti. Hammasini qildik-ku, bizda nima ayb, deb xafa bölmang, çunki agar yutganimizda, «Abduxoliqov urdi-da», «Yaxşiboyev yaxşi öynadi-da» demasdik, demasdingiz, futbolimiz rivojlanayotgan, hammasi gurkirab ketayotgan, islohotlar samara berayotgan bölardi.
Futbol esa, doimgidek ustimizdan yana bir bor kuldi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi