Osiyo çempionati (U23) finali doirasida Bangkokdagi «Rajamangala» stadionida Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni (1:0) örtasidagi öyin koreyslarning çempionlik ğalabasi bilan yakunlandi.
120 daqiqa davom etgan, ikki tomon ham sönggi daqiqalargaça mağlub bölişni istamagan hal qiluvçi qarama-qarşilikning 113-daqiqasiga kelib, Jon Taevuk tomonidan kiritilgan gol Janubiy Koreya olimpiya jamoasiga 23 yoşgaça bölgan jamoalar orasida Osiyoning tengsiz jamoasi böliş imkonini berdi.
Musobaqa yakuniga köra, Özbekistonni guruh bosqiçida mağlub etgan Janubiy Koreya, yarim finalda taslim qilgan Saudiya Arabistoni va 3-örin uçun bahsda bizdan ustun kelgan Avstraliya olimpiya jamoalari Tokio-2020 yöllanmasini qölga kiritişdi. Biz esa... Ha, mayli.
Kun.uz va Tribuna.uz sayti muxbiri Ötkir Jalolxonov va fotomuxbir Muhammadjon Ğaniyev qariyb uç hafta davomida siz aziz muxlislarning Tailanddagi musobaqa atmosferasidan bahramand bölişingiz uçun turnirdan «qaynoq» foto va videolavhalar, xabar va tafsilotlarni taqdim etib borişdi.
Quyida, endi tarixda qolgan Osiyo çempionati-2020dan tayyorlangan sönggi fotoreportajni tomoşa qiling:









































