Video: «Real»ning sobiq futbolchisi «alamidan yig‘lab yubordi»
“Real Madrid”ning sobiq o‘yinchisi, hozirda Lissabonning “Sporting”ida to‘p surayotgan Fabiu Koentrau “Vitoriya Setubal” bilan o‘yinda almashtirilgandan keyin o‘zini tajovuzkorona tutishni boshladi.
“Sporting” uchrashuvning butun davomida hisobda oldinda borgan, biroq 2-bo‘limga qo‘shib berilgan 4-daqiqada Koentrau penalti “ishlab olgan” va buning oqibatida “Sporting” g‘alabani qo‘ldan chiqargan va qimmatli ochkolarni yo‘qotgan. 29 yoshli Koentrau almashtirilgandan keyin o‘z alamini zaxira o‘rindig‘idan “olib”, so‘ngra o‘tirib yig‘lay boshlagan.
Milliy chempionatning 19-turidan keyin “Sporting” 47 ochko bilan 2-o‘rinni egallamoqda va peshqadam “Portu”dan 1 ochko ortda qolmoqda.
Como é que o Coentrão não foi expulso? Empurra o arbitro, manda-o para o caralho, pontapeia a bola, destroi o banco de suplentes... pic.twitter.com/E3hpNPdqzw
— Jana (@jinxnoob) January 20, 2018
Mavzuga oid
16:20 / 02.11.2024
«MYu»da yangi bosh murabbiy. Klub Ruben Amorimni tanlashiga 4 sabab
20:39 / 12.10.2024
Portugaliya parlamenti siyosiy boshpana oluvchilar uchun gumanitar viza berishni ma’qulladi
15:30 / 12.10.2024
Portugaliyada Gotbit kriptokompaniyasining rossiyalik rahbari ushlandi
23:46 / 18.09.2024