Jahon | 18:30 / 21.01.2018
12150
2 daqiqa o‘qiladi

Makedoniya NATOga kirish uchun nomini o‘zgartiradi 

Foto: RIA Novosti / Yuriy Kaver

1991 yilda sobiq Yugoslaviya parchalangandan keyin vujudga kelgan Makedoniya davlati qo‘shni Gretsiya bilan o‘z nomlanishi borasida anchadan beri bahslashib kelmoqda. Gretsiya Makedoniya nomli viloyatining Makedoniya davlati bilan adashtirmasliklari uchun Makedoniya davlati nomi o‘zgartirilishini talab qilmoqda hamda Skopening Yevropa Ittifoqi va NATOga kirishini bloklamoqda. Makedoniya BMTga 1993 yilda qabul qilingan Makedoniya sobiq yugoslav davlati nomi ham Afinani qoniqtirmayapti.    

Shu sababli Makedoniyaning Gretsiya bilan bahsiga nuqta qo‘yish va yangi nomi umummilliy referendumda hal qilinadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Zoran Zayev ma'lum qildi. 

Agar biror qaror qabul qilinmasa, Gretsiya Makedoniyaning NATOga kirishini va uning Yevropa Ittifoqi bilan birlashishini bloklaydi. NATO va YeIga kirish Makedoniya tashqi ishlar vazirligining asosiy maqsadi hisoblanadi. 

Makedoniyaning yangi nomi bo‘yicha muzokaralar BMT bosh kotibi maxsus vakili Metyu Nimits vositachiligida olib borilmoqda. 

Sobiq yugoslav davlatiga qanday yangi nom berilishi rasman oshkor qilinmayapti. Biroq hududiy OAVlarning ma'lum qilishicha, 5 ta variant muhokama qilinmoqda: Yangi Makedoniya Respublikasi, Shimoliy Makedoniya Respublikasi, Yuqori Makedoniya Respublikasi, Vardar Makedoniya Respublikasi va Makedoniya Respublikasi (Skope).

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid