Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Aqto‘bedagi fojia qurbonlarining oilalariga kompensatsiya ajratishga topshiriq berdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra, Qozog‘iston Respublikasining Aqto‘be viloyati Irg‘iz tumanida «Samara-Chimkent» avtomobil yo‘lida avtobus yonishi oqibatida halok bo‘lgan 52 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi oilalarining barchasiga bir martalik nafaqa ajratildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, mahalliy ijro hokimiyati organlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari hamda mahalla faollari tomonidan halok bo‘lganlarning oilalariga ma'naviy va moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Kompensatsiya miqdori ma'lum qilinmagan.
Mavzuga oid
19:22 / 14.06.2026
Ishlab chiqarilganiga 30 yildan oshgan avtomobillar egalari ekologik kompensatsiya to‘lashi mumkin
18:07 / 11.06.2026
Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
10:45 / 10.06.2026
Ayrim shaharlarda harbiy xizmatchilar uchun ijara kompensatsiyasi oshiriladi
19:00 / 28.04.2026