Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh vitse-prezidenti Eron bilan bitimni falokat deb atadi
AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens Isroil parlamenti minbaridan turib, Amerika ma'muriyati Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga qo‘yib bermasligi va u bilan bitimlarni ortiq «sertifikatlamasligini» ta'kidladi, deb yozadi RIA Novosti.
«Buyuk serqudrat davlatlar»ning Eron yadroviy loyihasi yuzasidan tuzgan bitimini Pens falokat deb atagan va prezident ma'muriyatini uni yaxshilash ustida ish olib borayotgani, agar hujjatlarga kerakli tahrirlarni kiritishning iloji bo‘lmasa erishilgan kelishuvlarni bekor qilishga tayyor ekanligini tasdiqladi.
«Eron yadroviy bitimi — falokatning o‘zginasidir. AQSh uni ortiq sertifikatlamaydi», — degan Pens. Uning so‘zlari Isroil parlamentida gulduros qarsaklar keltirib chiqargan.
«AQSh hech qachon Eronning o‘z yadro quroli bo‘lishiga qo‘yib bermaydi», — deya gapida davomi etgan u.
Mavzuga oid
00:30 / 29.10.2023
AQSh sobiq vitse-prezidenti saylovoldi kampaniyasini to‘xtatdi
11:02 / 15.06.2023
Pens: Trampning afv etilishi mumkinligi haqida gapirishga hali erta
12:06 / 08.06.2023
AQSh prezidentligiga nomzod Pens Ukrainani qo‘llab-quvvatladi
22:36 / 05.06.2023