Filippin prezidenti harbiylarga o‘zini otishga ruxsat berdi
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte harbiy bazaga tashrifi vaqtida agar u o‘z vakolatlari tugagandan keyin ham mamlakatni boshqarishni davom ettirsa va diktatorga aylansa, harbiylardan uni otib tashlashni so‘radi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
“Agar men belgilangan muddatdan ko‘proq lavozimimda qolsam va diktator bo‘lishni istab qolsam, meni otib tashlang, hazillashmayapman”, deb aytgan prezident. U harbiylar va kuch tuzilmalarining vazifasi “konstitutsiya va xalqni himoya qilishdan iboratligini qo‘shimcha qilgan.
Axborot agentligining ta'kidlashicha, o‘tgan hafta Dutertening Filippin kongressi vakillar palatasidagi tarafdorlari davlatning federativ shakliga o‘tish uchun konstitutsion yig‘ilish chaqirtirishga ovoz berishgan. Yangi konstitutsiyaning qabul qilinishi 2019 yilga belgilangan parlament saylovlarining keyinroq qoldirilishiga va buning natijasida nafaqat deputatlar, balki qolgan amaldorlarning vakolatlari muddatini qayta ko‘rib chiqishga olib keladi.
Mavzuga oid
20:50 / 14.11.2024
Filippinga «Usagi» to‘foni yopirildi
22:16 / 11.11.2024
Filippinga «Toraji» to‘foni yopirildi
17:55 / 10.11.2024
Xitoy Filippinning dengiz zonalariga oid qonuniga javoban patrullikni kuchaytiradi
13:10 / 29.10.2024