12:30 / 23.01.2018
9840

53 ta! Qozog‘istonda ishlayotgan aviakompaniyalar soni ma'lum qilindi

Foto: Kapital.kz

Qozog‘istonda 53 ta aviakompaniya ishlamoqda. Bu haqda investitsiyalar va rivojlanish bo‘yicha vazir Jyenis Qosimbek Qozog‘iston Respublikasi hukumatining yig‘ilishida ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 20 ta kompaniya tijorat havo tashuvlarini, jumladan 7 tasi muntazam yo‘lovchi tashuvlarini amalga oshirsa, 32 tasi asosan qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb etilgan.

Davlat reyestrida 913 ta havo transporti birligi ro‘yxatga olingan, har yili havo kemalari soni o‘rtacha 50-60 taga ko‘payishi kuzatilmoqda. «Asosan bu kichik aviatsiya, u qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb etilgan, shuningdek, «Eyr Astana» va Skat kabi yirik kompaniyalar ham bor», - deya aytib o‘tgan idora rahbari.

Uning eslatishicha, mahalliy aviatashuvchilar AQSh bilan 1,5 mlrd dollardan ko‘proq summaga uchta «Boing-787 Drimlayner», shuningdek, «Boing-737 MAX» samolyotini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolashgan. Bundan tashqari, Yevropa aviasozlik korporatsiyalari bilan muzokaralar davom etayotgani aytildi.

Mavzuga oid
Top