Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Xalqaro migratsiya tashkiloti delegatsiyasini qabul qildi
2018 yilning 23 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatda bo‘lib turgan Xalqaro migratsiya tashkilotining (XMT) Yevropa va Markaziy Osiyo masalalar bo‘yicha mintaqaviy katta maslahatchi Manfred Profazi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan XMT o‘rtasidagi hamkorlikning rivojlanish holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Mamlakat hozircha XMTga a'zo emas. Shunga qaramasdan tomonlar o‘rtasida konstruktiv muloqot o‘rnatilgani, O‘zbekiston ekspertlarining milliy manfaatlarimizga javob beruvchi tashkilot tadbirlarida faol ishtirok etayotganligi ta'kidlandi.
Tomonlar odam savdosiga qarshi kurash sohasidagi hamkorlikning samarali xususiyati mamnuniyat bilan qayd etildi.
Uchrashuvda barcha sohalarda, jumladan hamkorlikdagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirishga tayyor ekanliklari tasdiqlandi.
Mavzuga oid
11:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
12:17 / 30.06.2026
1,6 mln o‘zbekistonlik ishi tufayli ro‘yxatga olish vaqtida doimiy yashash joyida bo‘lmagan
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
17:36 / 24.06.2026