Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT bosh kotibining Yaman bo‘yicha maxsus elchisi iste'foga ketdi
Foto: anna-news.info
BMT bosh kotibining Yaman bo‘yicha maxsus elchisi Ismoil ul-Shayx Ahmad iste'foga ketdi. Bu haqda 22 yanvarda bosh kotibning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma'lum qildi.
“BMTning Yaman bo‘yicha maxsus elchisi Ismoil ul-Shayx Ahmad bosh kotibni fevralda shartnomasi muddati tugagandan keyin o‘z lavozimida qolish niyatida emasligidan ogohlantirdi”, deb aytdi Dyujarrik.
Mavritaniyalik diplomat Ismoil ul-Shayx Ahmad 2015 yil aprelda Yaman bo‘yicha maxsus elchi etib tayinlangan. U oxirgi yillarda Yaman hukumati va isyonchilar o‘rtasidagi muzokaralarning bir necha raundini tashkillashtirgan, biroq ular besamar bo‘lgan.
Husiylar Ahmadni bir necha marta tanqid qilib chiqishgan, o‘tgan yil fevralida ular BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga Ahmadni o‘z lavozimidan bo‘shatish talabi bilan maktub yo‘llashgan. Isyonchilarning fikricha, u xolis bo‘lmagan va Yaman ixtilofida hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi Saudiya Arabistoni ta'siri ostida bo‘lgan.
Yamanda 2014 yil avgustdan beri hukumat kuchlari va isyonchi husiylar o‘rtasida ixtilof davom etib keladi. Yamanning huquq va taraqqiyot markazi ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yil bahoridan mamlakatda 10 mingdan ko‘proq tinch aholi, jumladan 2,4 ming bola va 2 ming ayol o‘ldirilgan.
BMTning baholashicha, Yaman aholisining to‘rtdan uch qismi – 22,2 mln kishi yordamga muhtoj. 21 yanvarda BMT Yamanda 2018 yilda gumanitar operatsiyalar o‘tkazish uchun 3 mlrd dollarga yaqin pul talab etilishini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
22:12 / 17.03.2026
BMT Erondagi urush tufayli dunyoda rekord darajadagi ocharchilik haqida ogohlantirdi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
21:19 / 12.03.2026
Eronda 3 milliondan ortiq aholi urush tufayli uylarini tark etdi – BMT
09:19 / 12.03.2026