Foto: Vetnam terma jamoasi finalga chiqishi mamlakatda bayramga aylandi
Bugun Vetnamning 23 yoshgacha futbolchilardan tashkil topgan terma jamoasi sensatsion ravishda Osiyo chempionati finaliga yo‘l oldi.
Turnirning asosiy favoriti sanalgan Qatarga qarshi yarim final o‘yinining asosiy vaqtida 2:2 hisobidagi durang qayd etildi. Qo‘shimcha bo‘limlarda hisob o‘zgarmagach, penaltilar seriyasi boshlandi va unda vetnamliklar omadliroq chiqishdi.
Chorak finalda Vetnam Iroq bilan 3:3 hisobida durang o‘ynab, penaltilar seriyasida ustun kelgandi.
Terma jamoaning muvaffaqiyati Vetnamda katta voqeaga aylandi. O‘yinni stadionlarga yig‘ilib tomosha qilgan futbol muxlislari g‘alabadan keyin ko‘chalarda bayram qilishdi.
Ma'lumot uchun, Vetnam turnir finalida, 27 yanvar kuni O‘zbekiston vakillariga qarshi maydonga chiqadi.
Mavzuga oid
09:34 / 05.08.2024
Viyetnam prezidenti To Lam Kompartiya Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi etib saylandi
11:54 / 26.08.2023
AQShning «manglayidagi qora dog‘» – amerikaliklar Vetnamdagi qishloq aholisini nega qatliom qilgandi?
17:23 / 13.08.2023
«Zakovat» o‘yini bo‘yicha Osiyo ochiq chempionati birinchi kun natijalari
19:17 / 13.06.2023