Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yirik davlat korxonalari rahbarlarining innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosarlari paydo bo‘ladi
Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi 24-son «Ilmiy-innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Norma.uz’ning yozishicha, innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga amaliy joriy etilishini ta'minlash maqsadida shu yildan boshlab xo‘jalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalari qator chora-tadbirlarni amalga oshirishlari lozim bo‘ladi.
1 – shtat jadvaliga ilm-fan va innovatsiyalar bo‘yicha rahbar o‘rinbosari lavozimini kiritish;
2 –innovatsiyalarga buyurtmalar portfelini shakllantirish va yaratilgan texnologiyalarning tajriba-sanoat sinovini o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtirish, mahsulotning tajriba partiyalarini ishlab chiqarish va seriyalab ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni tashkil qilishga mas'ul bo‘limlarni tuzish;
3 – yirik davlat korxonalarida mos yo‘nalishdagi ITI va OTMning malakali yetuk mutaxassislari va ilmiy xodimlarini jalb etgan holda yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan muammoviy tarmoq laboratoriyalarini tashkil etish;
4 – Innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish (yuridik shaxs tashkil etmasdan). U mazkur sub'yektlar sof foydasining 10%i miqdoridagi ajratmalar hisobiga shakllantiriladi. Jamg‘arma mablag‘lari qat'iy belgilangan maqsadlarga, shu jumladan mos yo‘nalishdagi ITI va OTMni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Innovatsion menejment bo‘yicha kurslar ochiladi
2018 yil fevral oyidan boshlab Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bazasida innovatsion menejment bo‘yicha qisqa muddatli maxsus kurslar tashkil etiladi. Ularda ITI va OTM, xo‘jalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalari mas'ul rahbarlari va mutaxassislari o‘qitiladi.
Maxsus kurslarda o‘qish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar xodimlari kurslarning tinglovchilari bo‘lgan yuridik shaxslarning byudjyetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Kurslar dasturi bir oy muddatda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Hujjat 17.01.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026