Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Netanyaxu ba'zi hamkasblariga Eron bilan yadroviy bitimni o‘zgartirishni taklif qilmoqchi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Shveytsariyaning Davosida Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron va Germaniya kansleri Angela Merkelga Eron yadroviy dasturi bo‘yicha harakatlar dasturini sezilarli o‘zgartirish uchun sanoqli haftalar qolganidan ogohlantirmoqchi. Bu haqda Netanyaxu Davosdagi Xalqaro iqtisodiy forumga uchib ketishidan oldin 23 yanvarda ma'lum qildi.
“Men Davosga uchib ketyapman, u yerda qolgan yetakchilar qatorida Makron va Merkel bilan uchrashaman. Men ularga Eron bilan yadroviy bitimga yuzaki emas, balki haqiqatan chuqur o‘zgartirishlar kiritishga hali imkon borligini aytmoqchiman”, deb aytgan Isroil bosh vaziri.
Uning aytishicha, istalgan vaziyatda kelishuv bo‘ladimi-yo‘qmi, Isroil siyosati Erondagi terrorchilik tuzumida yadroviy qurol paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat. “Eronda yadroviy qurolning paydo bo‘lishi Isroil, Yaqin Sharq va butun dunyoni xavf ostiga qo‘yadi”, deb aytgan bosh vazir.
Netanyaxu devonining ma'lum qilishicha, u Davosda Merkel va Makrondan tashqari, Ozarboyjon va Ukraina prezidentlari Ilhom Aliyev va Pyotr Poroshenko, Kanada va Niderlandiya bosh vazirlari Jastin Tryudo va Mark Ryutte bilan uchrashadi.
Davosdagi forum 23-26 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi, uning asosiy mavzusi 4-sanoat inqilobi bo‘ladi.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
08:33 / 02.07.2026
Eron Ali Xominaiy bilan xayrlashadi
21:57 / 01.07.2026
O‘zbekiston delegatsiyasi Eron oliy rahbarining dafn marosimida ishtirok etadi
22:59 / 30.06.2026