Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistondan olib chiqib ketilayotgan maksimal valyuta miqdori 10 mingdan 3 ming dollarga qisqardi
Foto: Illyustrativ foto
Turkmanistondan endilikda 3 ming dollardan ortiq pulni olib chiqib ketish mumkin emas, 500 dollardan yuqori bo‘lgan summani deklaratsiyadan o‘tkazish shart. Bu haqda «Xronika Turkmenistana» nashri xabar berdi.
Cheklov joriy etilgunga qadar olib chiqib ketilishi mumkin bo‘lgan maksimal summa 10 ming dollarni tashkil etgan. Mamlakatga olib kiriluvchi pul miqdori esa o‘zgarishsiz qolgan – deklaratsiyasiz 10 ming dollar.
Taxminlarga ko‘ra, valyutani olib chiqib ketish bo‘yicha cheklov odamlar biznes bilan shug‘ullanishni boshlashgani – talabalar uchun ota-onalar va qarindoshlardan xorijga pulni olib chiqib ketayotganlari tufayli joriy etilgan.
Cheklovlar haqida rasmiy xabar yo‘q, biroq aeroportlarda bojxonachilar mamlakatdan chiqib ketayotgan fuqarolardan yonlarida qancha naqd valyuta borligini aniqlashtirishayotgani aytilmoqda.
Turkmanistonda bank kartalaridan xorijda pul yechib olish bilan bog‘liq muammolar davom etmoqda. Banklarda Western Union orqali pul yuborishni xohlovchilarning katta navbatlari paydo bo‘lgan.
Avvalroq, Ashxobod shahrida xorijiy valyuta - AQSh dollarining turkman manatiga nisbatan «qora bozordagi» qiymati rekord darajaga yetib kelgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
20:07 / 25.01.2026
Andijonda qariyb 19 ming dollarni nonlar orasiga yashirib olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
18:30 / 19.01.2026
Turkmaniston possovet hududidagi eng hushyor mamlakat deb tan olindi
07:30 / 08.01.2026
Yevropa valutalari xaritasi: eng qimmat valuta qaysi?
21:30 / 29.12.2025