Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada 3 oylik chaqaloqni 13 ming dollarga, 3 yoshli bolani 7 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Milliy xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha Boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqarolar 23 yoshli O.G. va 21 yoshli M.N. 3 oylik chaqaloqni 13 ming AQSh dollari evaziga sotayotgan paytda qo‘lga olindi. Har ikki ayol voqea joyida ushlandi. Bu haqda “Xalq so‘zi” nashri xabar bergan.
MXXning viloyat Boshqarmasi tezkor xodimlarining IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan ikkinchi maxsus tadbirda esa Yozyovon tumanida yashovchi A.D. va M.U. tomonidan 3 yoshli bolani 7 ming AQSh dollariga sotib yuborilishining oldi olindi.
Ta'kidlanishicha, mazkur voqea yuzasidan Farg‘ona viloyati huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoiy ish ishtirokchilariga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
08:50 / 07.07.2026
59 mamlakatda odam savdosi tarmoqlariga zarba berildi
20:56 / 06.07.2026
O‘zbekistonda uyushgan jinoyatchilik darajasi past, ammo muammolar saqlanib qolmoqda - tadqiqot
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026