Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Olimpiadaning ehtimoliy boykoti haqida izoh berdi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Pyongchangdagi 2018 yilgi Olimpiya o‘yinlarini ehtimoliy boykot qilinishi haqida gapirish emas, balki Xalqaro olimpiya qo‘mitasi bilan muloqot olib borish kerak.
«Hozir, aftidan, boykot kabi so‘zlarni ishlatmaslik muhim. Nima bo‘lgan taqdirda ham XOQ bilan muloqotni davom ettirish lozim. Vaziyat oddiy emas va hattoki, ko‘proq, murakkabdir, biroq bu muloqotni to‘xtatish kerak, degani emas. XOQ bilan gaplashish va huquqlarimizni himoya qilishimiz darkor», - deya Peskovning so‘zlarini keltiradi TASS.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘shma Shtatlarning kompyuter xavfsizligi sohasida ish olib boruvchi ThreatConnect Inc kompaniyasi maxsus bayonot bilan chiqqandi. Unda rus hakerlari Pyongchangdagi Olimpiada vaqtida dopingga qarshi agentliklar saytlariga hujum qilishi mumkin ekani haqida so‘z yuritiladi.