Metall konstruksiyalarning umri bir necha barobarga uzaytirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 20.05.2015 yildagi PF-2533sonli “2016-2020 yillar mobaynida rangli va nodir metallarni chuqur qayta ishlash asosida eksportga mo‘ljallangan tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishni ko‘paytirish chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, O‘zbekistonda ilk marotaba katta o‘lchamli metall konstruksiyalarni qaynoq usulda rux bilan qoplash imkoniyati, rux bilan qoplangan zamonaviy ko‘cha yoritgich ustunlari hamda metall yo‘l to‘siqlari ishlab chiqara oladigan birinchi korxona - BEKTEMIR METALL KONSTRUKSIYALARI MChJ shaklidagi qo‘shma korxonasi tashkil etildi. Korroziyadan himoya qilishning eng ishonchli, iqtisodiy, ekologik toza va butun dunyo bo‘ylab keng tarqalgan usullaridan biri - temir konstruksiyalarni qaynoq usulda rux bilan qoplash hisoblanadi.
Bu korxona ishga tushirilishi uchun Italiya, Xitoy va Janubiy Koreyadan texnologiyalar keltirilgan va 2017 yilning may oyida korxona o‘z faoliyatini boshlagan. Yoritgich ustunlari (yillik ishlab chiqarish quvvati: 9,5 ming dona) hamda yo‘l to‘siqlari (yiliga 814 ming pogonometr to‘siq) kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish, shuningdek, ana shu mahsulotlar va boshqa metall konstruksiyalarini qaynoq usulda rux bilan qoplash (umumiy quvvat: yiliga 65 ming tonna metall konstruksiyalar) yo‘lga qo‘yilgan.
Bu bilan mamlakatimiz qurilish infratuzilmasi tomonidan foydalaniladigan rux bilan qoplangan metall konstruksiyalarining import qilinishi uchun bir yilda sarflanadigan qariyb 50 mln AQSh dollar mablag‘ini iqtisod qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Loyihani hayotga tadbiq etish natijasida 255 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Shu jumladan, 57 nafar kollej bitiruvchisining bandligi ta'minlandi.
Yuqorida aytilganidek, metall konstruksiyalarini qaynoq usulda ruxlantirish butun dunyo bo‘ylab korroziyadan himoyalashning eng ishonchli, iqtisodiy va juda keng tarqalgan usullaridan biri hisoblanib, shuningdek, metall mahsulotlarining yuzasini mexanik shikastlardan va har xil iqlim ta'sirlaridan qo‘shimcha himoyalay oladi. Ruxlangan metall konstruksiyalarining korroziyadan himoyalanish davri, atrof-muhitning tabiiy-iqlim sharoiti va metall mahsulotlaridan tezkor foydalanishga bog‘liq ravishda 65 yildan 120 yilgachadir.
Korxonada qaynoq usulda ruxlantirish jarayoni GOST 9.307 (Yevropa standarti EN 1461 analogi)ga muvofiq amalga oshiriladi. Bisol s.p.a. (Italiya) - Yevropaning yetakchi kompaniyasi tomonidan uskuna va texnologiyalar o‘rnatilgan. Qaynoq usulda ruxlantirish jarayoni bir necha bosqichlardan o‘tib amalga oshiriladi. Jumladan, suyuq rux bilan to‘ldirilgan sig‘imga solinadigan metall avval yog‘sizlantiriladi, keyin unga ishqorlar yordamida ishlov beriladi, so‘ngra metall flyuslanib (buyum usti noorganik kristall birikmalar bilan qoplanadi) quritilgach, qaynoq rux bilan to‘ldirilgan sig‘imga solinadi. U yerdan yuk ko‘targichlar yordamida ko‘tarib olingan metall oldin sovutilib, keyin passivatsiya (qo‘shimcha kimyoviy qoplam bilan qoplash) qilinadi.
Yoritgich ustunlari ikki xil, ya'ni konus va ko‘p qirrali bo‘ladi. 3 metrdan 12 metrgacha bo‘lgan uzunlikda yoritgich ustunlari, shuningdek, 30 metrgacha uzunlikda machtalar ishlab chiqariladi. Har xil diametrli ustunlar mustahkam konstruksiya, yengil vazn hamda ko‘rkam dizaynga ega. Bu ustunlardan boshqa maqsadda, ya'ni flagshtok, uyali aloqa minorasi, shuningdek, svetofor, videokuzatuv kamerasi, yo‘l belgilari, reklama va axborot lavhalar o‘rnatiladigan ustunlar ko‘rinishida ham foydalanish mumkin.
Qaynoq rux bilan qoplangan metall konstruksiyalaridan foydalanilganda, ularni har yili bo‘yoqlab turishga va korroziya sababli shikastlangan konstruksiya qismlarini almashtirishga hojat qolmaydi. Shunday qilib har yili bo‘yoqqa, ish kuchiga va boshqa xarajatlarga ketadigan pullar tejaladi va ruxlantirilgan konstruksiyalar uzoq muddat xizmat ko‘rsatadi.
Korxonada 28 turdagi metall yo‘l to‘siqlari ishlab chiqariladi. Ular bir yoki ikki tomonli, bir yoki ikki yarusli, shuningdek, katta va kichik yo‘llar, ko‘priklar yoki yo‘l o‘tkazgichlarga mo‘ljallab tayyorlanadi. Sir emas, avtomobil yo‘llarida mashinalar va piyodalar xavfsizligini ta'minlashda yo‘l chetlarida o‘rnatilgan to‘siqlar muhim rol o‘ynaydi. Binobarin, bu to‘siqlar avtotransport vositalarining bexosdan yo‘ldan chiqib ketishi, qarama-qarshi yo‘nalish bo‘yicha kelayotgan avtomobillar bilan to‘qnashib ketish xavflaridan asraydi.
Ustunlar ham, to‘siqlar ham ruxlangani bois, ularning xizmat qilish muddati kamida bir necha o‘n yilni tashkil etadi. Binobarin, qaynoq usulda ruxlantirilgan konstruksiyalardan qurilish, neft-gaz, tog‘-kon, energetika, qishloq xo‘jaligi, avtomobilsozlik, aloqa va informatsion sohalarda foydalanish mumkin.
Korxona faoliyati boshlanganiga endigina 9 oy bo‘lganiga qaramay, o‘tgan vaqt davomida yurtimizdagi ko‘plab obektlarga mahsulotlar yetkazib berildi. Chunonchi, korxonada ishlab chiqarilgan har xil turdagi konstruksiyalar, Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohi - Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy memorial majmuasida, poytaxtimizdagi Bobur nomli ekobog‘da, Farg‘ona yo‘li va Nukus ko‘chalarini bog‘lovchi yo‘lo‘tkazgichda, Qibray tumanidagi avtomobil yo‘lida hamda birinchi Prezidentimiz dafn etilgan Samarqand shahridagi maqbarani qurish va obodonlashtirishda foydalanildi.
Ma'lumot uchun:
Amerika galvanizatsiya («ruxlantirish») assotsiatsiyasi (American Galvanizers Association – AGA) tadqiqotlariga ko‘ra, qaynoq usulda ruxlantirilgan metall konstruksiyasi:
– sanoatlashgan/industrial sharoitda o‘rnatilgan bo‘lsa – 65 yilgacha;
– tropik iqlimli hududda o‘rnatilgan bo‘lsa – 70 yilgacha;
– shahar ichida o‘rnatilgan bo‘lsa – 85 yilgacha
– shahardan tashqarida o‘rnatilgan bo‘lsa – 120 yilgacha korroziya/zanglashdan himoyalash imkoniyatini beradi.
Aloqa:
Manzil: Toshkent shahar, Bektemir tumani, Binokor posyolkasi, Sholikor ko‘chasi 51A.
Telefon: +99871 205 19 99
Mobil aloqa: +99897 444 11 29
+99897 444 11 24
+99897 444 11 95
+99897 444 11 96
Pochta: info@bmk.uz
Vebsayt: www.bmk.uz
Facebook: fb.me/bmk.uz
LinkedIn: linkedin.com/company/bmkuz/
Twitter: twitter.com/bmk_uz
Instagram: instagram.com/bmk.uz/
Telegram: @bmk_uz
Telegram kanal: t.me/bmkuz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
13:16 / 16.11.2024
5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi
08:08 / 07.11.2024
Monopoliyaga qarshi organ roziligisiz davlat ishtirokidagi korxona tashkil etilgan 4 ta holat aniqlandi
07:30 / 12.10.2024
Metroga yaqin korxonalar ish vaqti o‘zgarishi mumkin
14:20 / 07.09.2024