Ma’lum qilinishicha, sanoat korxonalarining asosiy qismi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasiga to‘g‘ri keladi. Bu yo‘nalishda 12,1 mingta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish sohasida 8,4 mingta, kiyim ishlab chiqarish sohasida 6,1 mingta korxona mavjud.

Bundan tashqari, tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish bilan 4,9 mingta, mebel ishlab chiqarish bilan 4,2 mingta korxona shug‘ullanmoqda.

To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida 3,7 mingta, rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish sohasida esa 2,9 mingta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda.