Bu prezidentning “Mamlakatda yangi işlanmalar asosida işlab çiqarişni taşkil etiş tizimini joriy qiliş hamda ilm-fanni qöllab-quvvatlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonida belgilangan.

Hujjatga köra, 2026 yil 1 maydan boşlab mazkur korxonalar faoliyati uçun qator yengillik va qulay şartlar joriy etiladi. Jumladan, ularni davlat röyxatidan ötkaziş va ustav fondidagi davlat uluşi miqdorini özgartirişda qator qöşimça kelişuvlar talab etilmaydi.

Şuningdek, korxonalar muassislarining professor-öqituvçilari, ilmiy xodimlari, talabalari va izlanuvçilari mehnat jamoasi tarkibida faoliyat yuritişi şart etib belgilanmoqda.

Farmonga asosan, bunday korxonalarga investorlar tomonidan investitsiya kiritiş böyiça bitimlar, şartnoma va memorandumlar yuzasidan vakolatli davlat organining xulosasini oliş talabi ham bekor qilinadi.

Bundan taşqari, Innovatsion faoliyatni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan taşkil etilgan “spin-off” korxonalar qonunçilikda belgilangan tartibda vençur moliyalaştirişga tenglaştiriladi.