Jahon | 00:31 / 24.01.2018
9005
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev AQShga safari bo‘yicha xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazdi

Foto: Tengrinews.kz

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazdi. Bu haqda Oqo‘rdaga iqtibos keltirilgan holda xabar berilgan.  

Yig‘ilishda Nazarboyevning AQShga rasmiy safari yakunlari va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha choralar ko‘rilgan. 

Ta'kidlanishicha, yig‘ilishda Qozog‘iston delegatsiyasining AQShga safari, jumladan AQSh prezidenti Donald Tramp, uning o‘rinbosari Maykl Pens va boshqalar bilan muzokaralar muhokama qilingan. 

Nazarboyev AQShning yirik kompaniyalari va moliyaviy institutlari bilan tuzilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhimligiga alohida e'tibor qaratgan.  

“Biz Amerika biznesining”kapitan”lari bilan aniq kelishuvlarga erishdik. Bu kelishuvlar iqtisodiyotimizga, ayniqsa innovatsiyalarni tatbiq qilish, raqamlashtirishni rivojlantirish hamda Qozog‘istonga investitsiyalar va yangi texnologiyalarni jalb qilish sohalariga yangi turtki beradi”, deb aytgan Nazarboyev. 

Prezident Qozog‘iston-AQSh muloqotining muhimligini qayd qilib o‘tgan. U yig‘ilish natijalariga ko‘ra bir qator vazifalar topshirgan.

 

Mavzuga oid