Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Bu haqda Qozog‘iston yetakchisi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Nursulton Nazarboyev suhbat davomida Shavkat Mirziyoyevga Aqto‘be viloyatida joriy yilning 18 yanvar kuni yo‘lovchi avtobusining yonib ketishi tufayli O‘zbekiston fuqarolari fojiali halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlik holati va istiqbollarini muhokama qildi, shuningdek, mintaqaviy hamda xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashdi.
Tomonlar muloqot yakunida rejalashtirilayotgan uchrashuvlar jadvalini ham ko‘rib chiqishgan.
Mavzuga oid
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi
16:30 / 01.10.2024